Odam qachon gazdan foydalanishni boshlagan?

Odam gazni tabiiy konlardan olishi yoki uni ishlab chiqarishi mumkin. Masalan, gazni qanday olishga misol. Agar loydan yasalgan nayni koʻmir kukuni bilan toʻldirib, uni bir tomondan yopib qizdirilsa, nayning boshqa uchidan tutun chiqadi. Tez orada tutun toʻxtaydi. Agar nayning uchiga olov tutilsa, undan chiqayotgan gaz yorqin va ravon alanga boʻlib yonadi. Bu tajriba koʻlami minglab marta kattalashtirilsa, koʻmirdan gaz ishlab chiqarishning sanoat jarayoniga ega boʻlamiz.

Sunʼiy gaz birinchi marta 1792-yilda shotlandiyalik muhandis Uilyam Merdok tomonidan ishlatilgan. U yonayotgan koʻmirdan chiqayotgan gazni tozalab, uni uyini yoritish maqsadida quvurlar boʻylab yuborgan. Bir necha yil oʻtgach, u Birmingemdagi zavodni yoritish uchun ham xuddi shu tizimdan foydalangan. Qoʻshma Shtatlarda yoritish maqsadida sunʼiy gaz tabiiy gaz qoʻllanishidan oldin ishlatila boshlangan.

1812-yilda nyuportlik Devid Melvill Rod-Aylendda koʻmirdan olingan gazdan uyi va uning oldidagi koʻchani yoritishda foydalangan.

1816-yilda Merilend shtatidagi Baltimor koʻchalari sunʼiy gaz bilan yoritila boshlangan. Tabiiy gaz ilk bor 1821-yilda Nyu-Yorkning Fredoniya shahrida qoʻllangan. Hozirgi vaqtda koʻproq tabiiy gaz ishlatiladi. Buning sababi shundaki, yangi gaz konlari ochildi, yangi gaz texnologiyalari ishlab chiqildi, uzoqdagi konlardan yirik shaharlarga gaz yetkazib berishni taʼminlaydigan yangi gaz quvurlari oʻtkazildi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!