Londondagi Tauer qachon qurilgan?

Londonda deyarli har bir sayyoh koʻrishni xohlaydigan bitta diqqatga sazovor joy bor: bu Tauer (Tower). Bu yerdagi har bir tosh Angliya tarixi va buyukligining timsolidek tuyuladi. Chamasi, hozirgi Tauer oʻrnida bir vaqtlar brittlar, keyin rimliklar, balki sakslarning ham qalʼasi boʻlgan. Zamonaviy Tauerning eng qadimiy qismi boʻlgan Oq Tauer qurilishini Istilochi Vilgelm boshlab bergan boʻlishi mumkin. Qolgan inshootlarning aksariyati Genrix III (1216–1272) davrida qurilgan. Istilochi Vilgelm Tauerni London aholisi yuragiga qoʻrquv solish uchun qurgan boʻlsa-da, ammo qalʼadan mudofaa inshooti emas, balki qamoqxona sifatida foydalanilgan.

Tauer hali ham aslahaxona sifatida xizmat qiladi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu yer yana qamoqxonaga aylantirilgan. Tauer Londonning eski qismida joylashgan boʻlib, 5 gektar maydonni egallaydi. Uning devori tashqi tomondan 1843-yilda quritilgan chuqur xandaq bilan oʻralgan. Tauerda harbiy garnizon mavjud boʻlsa-da, sayyohlarni har doim koʻproq “bifiterlar” (“goʻshtxoʻrlar”) qiziqtiradi. Bu Tauerni qoʻriqlash uchun maxsus tanlangan 40 kishidan iborat guruhdir. Ularning egnida Genrix VIII yoki Edvard VI davriga oid deb hisoblanadigan maxsus kiyim-bosh boʻladi. Bunday gʻalati nomga ular qadimda har kuni koʻp miqdorda goʻsht berilgani uchun sazovor boʻlishgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!