20.02.2024
Odamlar qadimdan guruhlar shaklida yashaydi. Har bir guruh va sulola birga boʻlishga harakat qilib, hatto uning ayrim aʼzolari vafot etganidan keyin ham bu jamoani saqlab qolishga intilgan. Sulola va uning qadriyatlari saqlanib qolinishi, kelajakda bolalar muammolarni hal qila olishlari uchun yoshi kattalar yoshlarga oʻzlari bilgan hamma narsani oʻrgatishlari kerak boʻlgan. Guruhning urf-odatlari, bilimlari va tajribalarini saqlab qolish uchun yoshlarning taʼlim olishiga toʻgʻri kelgan. Shunday qilib, “taʼlim” gʻoyasining yoshi maktablarga qaraganda ancha ulugʻroq. Ammo yozuv ixtirosi bilan maktablar dolzarb ehtiyojga aylangan. Harflarni oʻzlashtirish uchun maxsus taʼlim talab qilingan. Harflarning paydo boʻlishi bilimlarni oʻsha paytgacha erishib boʻlmagan darajada toʻplab, keyingi avlodga yetkazishga imkon bergan.
Oiladagi kundalik hayot bunday taʼlimni taʼminlay olmagan. Shuning uchun buni amalga oshiradigan maxsus muassasaga ehtiyoj tugʻilgan va bu maktab boʻlgan. Birinchi maktablar qachon paydo boʻlganini hech kim bilmaydi. Biz faqat bundan 5–6 ming yil oldin Misrda, balki Xitoy va boshqa baʼzi mamlakatlarda ham maktablar boʻlgani maʼlum. Ammo faqat XVIII asrga kelib taʼlim inson hayoti va jamiyatni yaxshilaydi degan fikr keng tarqala boshladi. Taxminan yuz yilcha oldin taʼlim har bir bolaning haqqi deb hisoblana boshlandi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.