20.02.2024
Rohiblik dinga bagʻishlangan turmush tarzini anglatadi. Erkaklar monastiri — diniy qasamyod qilgan erkaklar yashaydigan joy. Bu erkaklar odatda rohiblardir, ammo monastirlarda ruhoniylar va diniy birodarlik aʼzolari ham yashashi mumkin. Ayollar monastiri — diniy qasamyod qilgan ayollar yashaydigan bino boʻlib, bu ayollar rohibalar deb ataladi.
Rohiblik xristianlik davridan ancha oldin amal qilgan. Yahudiy guruhlari jamoalarda yashab, oʻz xoʻjaliklarini yuritgan. Xristian rohibligi Misrda milodiy III asrda boshlangan. Bir guruh erkaklar yolgʻiz hayot kechirib, ibodat qilish uchun jamoatni tark etgan. Ayollarning diniy guruhlari ham qadim zamonlardan beri mavjud. Ammo ayrim odamlar ayollar monastirlari erkaklarnikidan oldinroq tashkil etilgan deb hisoblaydi. Xristianlik tarixida har doim rohiblar tashkiloti bilan birgalikda ayollar diniy jamiyatlari ham paydo boʻlgan.
Ayollar diniy jamoatining aksariyati avliyo Avgustin yoki avliyo Fransisk nizomiga amal qiladi. Rohibalar ham xuddi rohiblar kabi qasamyod qiladi. Ular har biri oʻziga xos kiyim shakliga ega monastirlarda yashaydi.
XVII asrga qadar rohibalar odatda butun umr monastirlarda qolib, hayotini ibodat bilan oʻtkazgan. Ammo shu vaqtdan boshlab koʻplab rohibalar jamiyati maktab, kasalxona, yetimlar boshpanasi va qariyalar uyida ishlay boshlagan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.