20.02.2024
1859-yil iyun oyining jazirama kunida Italiyaning Solferino shahri yaqinidagi jangdan soʻng jang maydonida 15000 oʻlik va yarador qolgan. U yerda shifokorlar kam boʻlgani uchun koʻplab yaradorlar tibbiy yordam olmasdan oldin vafot etgan. Jang maydonidan oʻtayotgan yosh shveysariyalik Genrix Dyunant qonli qirgʻin va yaradorlarning nolalaridan iztirob chekib, chuqur qaygʻuga choʻmgan. U yaqin atrofdagi italyan qishlogʻidan koʻngilli ayollarni yigʻgan. Ayollar uning rahbarligi ostida va amallaridan oʻrnak olib yaradorlarni parvarish qilgan.
Genrix Dyunant guvoh boʻlgan dahshatli sahnalar haqida maqola yozgan. U yaradorlarning millatidan qat’i nazar, ularga gʻamxoʻrlik qiladigan tashkilot tuzilsa, koʻplab oʻlim va azob-uqubatlar boʻlmasligi mumkinligini taʼkidlagan. Dyunantning insonparvarlik saʼy-harakatlari tufayli 14 millat Qizil Xochni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani qabul qilgan. Shartnoma 1864-yilda Jenevada bo‘lib oʻtgan xalqaro konferensiyada imzolanib, 1906-yilda qayta koʻrib chiqilgan.
Uning faoliyati urush davrida turli mamlakatlardagi jamiyatning kulfatlarini yengillashtirish boʻyicha tadbirlarni nazarda tutadi. Qizil Xoch ramzi sifatida ranglari teskari joylashgan Shveysariya bayrogʻi tasdiqlangan. Bugungi kunda urush yoki milliy ofatlar yuz berganda, koʻplab xalqlarning insonparvar kishilari insoniyatga xizmat qilish uchun qizil Xoch bayrogʻi ostida birlashadi. Har qanday urushda bu rahm-shafqat bayrogʻi ham doʻstlar, ham dushmanlar tomonidan hurmat qilinadi. Britaniya Qizil Xoch jamiyati 1870-yilda tashkil etilgan va 1908-yilda roʻyxatdan oʻtgan.
Britaniya qurolli kuchlarining ham oʻz tibbiy xizmati mavjud. Urush davrida Qizil Xoch zarur yordamni taʼminlaydi. Rossiyada Qizil Xoch jamiyati 1918-yilda tashkil etilgan boʻlib, 1923-yilda birlashish natijasida esa “Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Ittifoqi” paydo boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.