20.02.2024
Bugungi kunda millionlab odam yoʻlni qora mushuk kesib oʻtsa, tez orada omadsizlik roʻy berishiga ishonadi. Bu diniy xurofot ming yillar oldin paydo boʻlgan. Qadimgi misrliklar mushukka sigʻinib, uni muqaddas deb hisoblagan. Ularning Pasht ismli mushuk boshli maʼbudasi boʻlgan. Misrliklar maʼbuda Pashtning toʻqqizta joni borligiga ishongan. Bu nega koʻpchilik mushukning toʻqqizta joni bor deb oʻylashda davom ettirishini izohlaydi. Qadimgi Misrda oʻlgan mushuk mumiyolangan.
Minglab qora mushuk mumiyolari koʻmilgan qabriston topilgan! Odamlar jodugarlar borligiga ishongan davrda, ular qora mushukni jodugar bilan bogʻlashgan. Ular qora mushuklar niqoblangan jodugarlar ekaniga ishongan. Jodugar mushuk koʻrinishini 9 marta olishi mumkin deb hisoblangani uchun mushukning oʻldirilishi jodugarning ham oʻlishini anglatmagan.
Oʻrta asrlarda jodugar va afsungarlar sirli damlama tayyorlash uchun har doim qora mushuk miyasini qoʻshishlariga ishonishgan. Bu fikrlar natijasida qora mushuk omadsizlik ramziga aylangan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.