20.02.2024
Sud maslahatchilari ishtirokini talab qilish huquqi insonning eng muqaddas va tabiiy huquqlaridan biridir. Ammo bu huquq tan olinishi uchun uzoq vaqt kerak boʻldi. 1066-yilda Angliyani istilo etgach, normandlar sud maslahatchilarining maʼlum bir sinfini tashkil etgan. Ularning vazifasiga faktlarga tayangan holda sud ishini hal qilish kirgan. Bu tartib Genrix II hukmronligiga qadar mavjud boʻlgan va XII asrda unga katta oʻzgarishlar kiritilgan.
Sud maslahatchilari xizmat ishini faqat guvohlar koʻrsatmasi asosida hal qilishi kerakligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Albatta, bu bugungi kunda mavjud boʻlgan sud maslahatchilari tizimining asosidir. Oʻn ikki sud maslahatchisi guvohlarning ko‘rsatmalari, advokatlarning dalillari va sudyaning fikrlarini tinglaydi. Keyin ular qaror qabul qilish uchun boshqa xonaga oʻtadi. Aftidan, sud maslahatchilari soni 12 nafar boʻlishida biror oʻzgacha maʼno yoʻq. Shunchaki, 1166-yilda Genrix II bu qarorni qabul qilgan va oʻshandan beri shunday boʻlib qolgan.
Sud maslahatchilari paydo boʻlishidan oldin sud ishlari turli usullar bilan amalga oshirilgan. Birinchisi “kafilikka olish” deb nomlangan. Ayblanuvchi uning aybsiz ekaniga qasam ichishga rozi bir nechta qoʻshnisini sudga olib kelishi mumkin boʻlgan. Ikkinchi usul “Tangri hukmi” deb atalgan. Ayblanuvchi turli xil qiynoqlarga solingan. U qoʻllarini qaynayotgan yogʻga botirgan yoki qizib choʻgʻ boʻlib turgan temir boʻlagini ushlagan. Agar qiynoqlarga dosh bera olsa, u aybsiz deb topilgan. Uchinchi usul “sud olishuvi” deb atalgan. Kishi dushmaniga qarshi kurashishi kerak boʻlgan. Gʻalaba qozongan taqdirda, u aybsiz deb eʼlon qilingan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.