Nega qabr ustiga tosh qo‘yiladi?

Ming yillar oldin ibtidoiy odam qabrni belgilash uchun uchqur toshdan foydalanishni odat qilgan. Aftidan, ular buni marhum tanasida qolishi kerak boʻlgan yovuz ruhlar chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qilgan. Qabr toshlari odamlarni yovuz ruhlar yashaydigan joylar haqida ogohlantirish uchun ham ishlatilgan.

Albatta, asrlar davomida qabr toshlarining vazifasi oʻzgargan. Yunonlar qabr toshlarini haykal bilan bezagan. Yahudiylar qabrlarni tosh ustunlar bilan belgilagan. Misrliklar marhumlar dafn etilgan joylarni belgilash uchun sagʻana va piramidalar qurgan.

Xristianlik paydo boʻlgach, qabrlarni belgilash odatiy holga aylangan. Xristianlar ramz sifatida xoch va aylanani tanlagan. Ikkinchisi avvalgi avlodlar uchun quyosh ramzi hisoblangan. Keyinchalik u bugungi kunda ham qoʻllanayotgan oddiy xochga almashtirilgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!