Birinchi e’lonlar qachon paydo bo‘lgan?
Birinchi e'lonlar qachon paydo bo'lgan?
< 1 min
Tarix

Xabarlar odamlar koʻrishi uchun joylashtirilgani sababli eʼlon deb ataladi. Odam gavjum joylarda osilgani uchun ularni reklamaning birinchi namunalari deb atash mumkin. Eʼlonlar Qadimgi Misr xarobalarida topilgan. Albatta, ular devordagi tasvirlar shaklida boʻlsa ham, ammo ularning mohiyati ayni boʻlgan. Bu biz bilgan birinchi eʼlonlardir.

Qadimgi Rim davrida Kolizeydagi biror tadbirga hozirlik koʻrilganda, bu haqidagi eʼlonlar butun Rim boʻylab ilib chiqilgan. XV asrda bosma nashrlar rivojlanganida, xabar va reklamalarni koʻpaytirish ancha osonlashgan. Ularning ayrimlari qoʻlda yozilgan (“qoʻlyozma billar”), baʼzilari esa devorlarga yopishtirilgan.

Bizga tanish zamonaviy eʼlon 1796-yilda litografiya ixtiro qilingach paydo boʻlgan. Bu reklamalarni rangli suratlar bilan boyitish imkonini berdi.

Hozirgi vaqtda qanday reklamalarni koʻrayotganingizni bilasizmi? Bular yoʻllar boʻylab joylashtirilgan eʼlonlar taxtasi. Odamlar reklamalar yonidan juda tez oʻtib ketayotgani va ularni oʻqishga ulgurmasligi sababli reklama maʼlum talablarga javob berishi kerakligi aniqlandi. Xabarni juda tez oʻqish mumkin boʻlgan shaklda tayyorlash kerak. U rangli, loʻnda va oddiy bezatilgan boʻlishi lozim.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!