Tatuirovka qilish qachon boshlangan?
Tatuirovka qilish qachon boshlangan?
2 min
Tarix

Yenglarini shimarib, oʻzlarining langar, yurak va turli shiorlar tasviri tatuirovka qilingan qoʻllarini namoyish etadigan dengizchilar aslida tana bezaklarining bir turi tashuvchisidir. Bunday bezaklardan koʻpchilik ibtidoiy odamlar foydalangan. Tatuirovka juda qadimgi davrlarda paydo boʻlgan. Misrliklar, janubiy xitoyliklar, gʻarbiy hindular va boshqalar ham tatuirovka qilishgan. Oʻsha vaqtlarda tatuirovka muhim taomil boʻlib, u puxta ishlab chiqilgan marosimlar bilan birga oʻtkazilgan. Yangi Zelandiyadagi maori qabilasi aholisi yuz tatuirovkasi uchun juda murakkab tasvirlardan foydalangan va buni ular baʼzida bugungi kunda ham davom ettirmoqda.

Yaponiyada xrizantema, ajdarho tumshugʻi va oʻsimliklar koʻrinishidagi tatuirovkalar asrlar davomida mavjud boʻlgan. Ayrim yaponlar tatuirovka qilingan suratlarni kiyim sifatida ishlatgan.

Amerikalik hindular tatuirovkadan qabilani tanituvchi belgi sifatida foydalangan. Tatuirovka dunyoning koʻp joylarida katta diniy va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan. Baʼzi xalqlar orasida tanasi antiqa tatuirovka bilan bezatilmagan qizlar turmush qurishga tayyor emas deb hisoblanadi. Ayrim qabilalarda tatuirovka motam tutish belgisi sifatida ishlatiladi. Jangchilar badanini tatuirovka bilan dushmanlarga oʻz jangovarligini koʻrsatish uchun qoplagan.

Bugungi kunda tatuirovka odatda igna, chigʻanoqning oʻtkir qirrasi yoki suyak kabi tigʻli asboblar yordamida terini nuqta yoki chiziq shaklida teshish yoki kesish orqali amalga oshiriladi. Keyin teshib chizilgan naqshga boʻyoq surtiladi. Terini igna bilan teshib, u orqali boʻyoq shimdirilgan ip tortiladigan naqshni “tikish” usuli juda kam qoʻllanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!