20.02.2024
Agar reklama haqida biznes manfaati uchun maʼlumot tarqatish usuli sifatida gapiradigan boʻlsak, unda bu ancha oldin boshlanganini tan olishimiz kerak. Axir, bozorga oʻz mahsulotini olib kelib, uning nomini baqirib jar solgan kishi “tijorat”ning haqiqiy vakili emasmi? Bosma ixtiro qilinishidan ancha oldin, savdogarlar mahsulotlariga eʼtiborni jalb qilish uchun devorlarda maʼlum belgilarni tasvirlagan. Tujjorlar oʻz tijoratini reklama qilishning oʻziga xos usuli sifatida sotuvdagi poyabzal, qoʻlqop va boshqa mahsulotlarning tasviri tushirilgan lavhalarni osib qoʻyishgan. Qadimgi davrlarda reklama vositasi sifatida shahar xabarchilaridan ham foydalanilgan.
Bugungi kunda biz bilgan chinakam reklama faqat bosma ixtirosi tufayli paydo boʻlgan. 1480-yilda Uilyam Kakston bir diniy kitobning nashr etilgani haqida kichik eʼlon bergan. Bosma, ayniqsa, gazetaning paydo boʻlishi bilan reklama biror narsa haqidagi oddiy xabardan, odamlarni mahsulotlarni sotib olishga undaydigan dalil va maslahatga aylandi. Haftalik ingliz gazetalari 1650-yildayoq qahva, shokolad va choyni reklama qilgan.
1666-yilning iyun oyida London gazetasiga qoʻshimcha ravishda faqat reklama eʼlonlaridan iborat ilova chiqqan! Bugungi kunda reklama nafaqat sanʼat, balki haqiqiy fan hamdir. Sohada tadqiqotlar olib borilmoqda, isteʼmolchining didi va odatlari oʻrganilmoqda, reklamalar sinovdan oʻtkazilmoqda va tekshirilmoqda. Bularning barchasi reklama xarajatlarini maksimal darajada qoplash uchun amalga oshiriladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.