Dastro‘mol qachondan ishlatila boshlangan?

Dastroʻmolning oʻziga xos turlari odamlar tomonidan qadim zamonlardan beri ishlatilgan. Chamasi, tayoqqa tortilgan shoqol dumi dastroʻmolning birinchi turi boʻlgan. Ibtidoiy odamlar undan ham dastroʻmol, ham yelpigʻich sifatida foydalangan. Ma’lumki, koʻplab yovvoyi qabilalar somondan boʻyra yasab, uni boshga kiyish va terni artish uchun ishlatishgan. Ehtimol, bu dastroʻmolning birinchi qoʻllanishi boʻlgan.

Qadimgi davrlarda Yunoniston va Rimda nafaqat dastroʻmol, balki salfetkalar ham ishlatilgan. Salfetkalardan stolda qoʻllarni artish uchun foydalanilgan. Dastroʻmollar toʻrtburchak shaklda boʻlib, kiyim choʻntagiga solingan va sayohat paytida ishlatilgan.

XIX asrda Fransiyada dastroʻmollar juda nafis koʻrinishga ega boʻlgan. Ular jimjimador toʻrlar va qimmatbaho ziynatlar bilan bezatilgan. XVIII asrda tamaki hidlash urfga kirganda, ayollar dastroʻmollarini rangli matolardan yasashni boshlagan. Mariya Antuanetta Fransiya qiroli Lui XVI ni dastroʻmol dumaloq, oval yoki toʻrtburchak shaklda emas, balki kvadrat shaklda boʻlishi kerakligini belgilovchi farmon chiqarishga koʻndirgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!