20.02.2024
Qoʻlqop kiyish juda qadimgi odatdir. U sovuq hududlarda yashagan ibtidoiy odamlar tomonidan ixtiro qilingan. Bizga qadimgi forslar va rimliklar ham qoʻlqopdan foydalangani maʼlum. “Odisseya”da poema qahramonlaridan biri bogʻda ishlayotganida qoʻlqopdan foydalangani haqida soʻz borgan.
Qadimda qoʻlqop faqat teridan tikilgan boʻlib, asosan jang va ov paytida qoʻllarni himoya qilish uchun kiyilgan. Ammo VIII–IX asrlarda Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari aholisining deyarli har biri qishda qoʻlqop kiygan. XIII asrdan boshlab ayollar qoʻlqopdan bezak sifatida foydalana boshlagan. Bu qoʻlqoplar odatda qalin matodan tirsakkacha uzun shaklda tayyorlangan.
Yillar oʻtib qirolicha Yelizaveta qimmatbaho tosh va kashtalar bilan bezatilgan qoʻlqoplarni urfga kiritgan. Layka qoʻlqoplar ilk bor Lui XIV davrida Fransiyada paydo boʻlgan. O‘sha davrda fransuz ayollari ipak ipdan toʻqilgan qoʻlqopdan foydalangan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.