Chulkini kim o‘ylab topgan?

Chulki dastlab oyoqlarni himoya qilish uchun teridan tayyorlangan. Ammo oyoqlarni bu tarzda himoya qilish gʻoyasi xristianlik boshlanganidan keyin keng tarqalgan. Hozirgiga oʻxshash chulki yaratishga birinchi boʻlib fransuzlar harakat qilgan. VII asrda ular charm chulkilarni oyoqlarini himoya qilish va isitish uchun kiyishgan. Koʻp o‘tmay odamlar yanada jozibali chulkilarni kiyishni istay boshlagani sababli mato, ipak yoki chiyduxoba boʻlaklari kombinatsiyasidan fabrikada tayyorlangan chulkilar paydo boʻlgan. Chulkilarga koʻpincha oltin iplar bilan gul solingan boʻlib, ular oqsuyak odamlar tomonidan kiyilgan.

Titilgan jundan toʻqilgan birinchi chulkilar taxminan 1565-yilda Londonda paydo boʻlgan. Sovgʻa sifatida qirolicha Yelizavetaga taqdim etilgan ipak chulkilar unda juda kuchli ijobiy taassurot qoldirgani uchun u doimiy ravishda faqat bu chulkilarni kiyishni boshlagan. Bu ipak chulkilar Italiyada ishlab chiqarilgan va uni sotib olishga faqat juda boy odamlarning qurbi yetgan. Faqat XX asrning boshiga kelib ipak chulkilar narxi oddiy odamlar ham xarid qila oladigan darajada arzonlashgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!