Kimyo qachon paydo bo‘lgan?
Kimyo qachon paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Kimyo — narsalar nimadan iboratligi va ularni qanday oʻzgartirish mumkinligini oʻrganadigan fan. Zamonaviy kimyo alkimyo deb nomlangan taʼlimotdan kelib chiqqan. Oʻrta asrlarda alkimyogarlar boshqa metallarni oltinga aylantira oladigan “hikmat toshi”ni qidirgan. Bunga intilib ular juda koʻp turli xil tajribalar oʻtkazgan. Fan sifatida kimyo haqidagi barcha maʼlumotlarni toʻplab, umumlashtirgan birinchi olimlardan biri XVII asrda yashagan Robert Boyl edi. U kimyoviy birikmalarni tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligini bilgan.

Boyldan keyin boshqa kimyogarlar ham yangi kashfiyotlar qilgan. Yozef Blek havo va gazlarni oʻrgangan. Genri Kavendish suvni tashkil etuvchi elementlardan biri boʻlgan vodorodni, Jozef Pristli esa tabiatda eng keng tarqalgan element — kislorodni kashf etgan. Antuan Lavuazye birinchi boʻlib olovning mohiyatini tushuntirib bergan. Shuningdek, u hech qanday moddani yoʻq qilib boʻlmasligini, faqat u bir holatdan ikkinchisiga oʻtishini isbotlagan.

Jon Daltonda barcha moddalar materiyaning eng kichik zarralaridan iborat degan gʻoya tugʻilgan. Olimlar kimyoviy oʻzgarishlarning mohiyati bu mayda zarrachalarning kombinatsiyasiga bogʻliq degan xulosaga kelgan. Hozir ular atomlar deb ataladi. Atomlar mavjudligi gʻoyasi kimyoning barcha sirlarini soddalashtirib, tushunarli qildi. Kimyo fan sifatida rivojlanishda davom etmoqda, kimyogar esa bugungi kunda yangi moddalar yaratuvchisiga aylandi. U molekulalarni parchalab, ularni turli yoʻllar bilan biriktirishni oʻrgandi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!