Inson elektrdan birinchi marta qachon foydalangan?
Inson elektrdan birinchi marta qachon foydalangan?
2 min
Tarix

Albatta, bugungi kunda hayotni elektrsiz tasavvur qilish qiyin. Ammo odamzodda elektr energiyasidan foydalanish imkoniyati faqat 1800-yilda paydo boʻlgan. 1800-yilda Alessandro Volta birinchi batareyani ixtiro qilib, ilk bor dunyoga ishonchli doimiy elektr manbasini bergan. Koʻp oʻtmay elektr toki issiqlik va yorugʻlik ishlab chiqarishi, kimyoviy reaksiya jarayonlariga yordam berishi, magnit effektlarini yaratish uchun ishlatilishi mumkinligi maʼlum boʻldi.

Voltaning elektr energiyasining doimiy oqimi bilan bogʻliq kashfiyoti oldinga tashlangan katta qadam boʻldi. Har xil turdagi mashinalar ishlab chiqilgan, ammo ular atigi elektr energiyasini rivojlantirish uchun bir turtki boʻlgan. Voltaning kashfiyoti elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan koʻplab ishlanmalarga olib kelgan. Ser Gemfri Deyvi elektr toki eritmalardagi baʼzi moddalarni tarkibiy qismlarga ajratishini aniqlagan. Bu tajribalar arzon alyuminiy, sof mis, xlor, turli kislotalar va oʻgʻitlar, ayniqsa, legirlangan (qotishma) poʻlatni ishlab chiqarish jarayonlarini keltirib chiqargan.

Keyinchalik elektr toki magnit hodisalarini keltirib chiqarishi maʼlum boʻldi. Elektr toki oʻtadigan sim oʻrami magnit vazifasini bajaradi. Bu kashfiyot mexanik ishlarning ayrim turlarini yaratadigan barcha turdagi elektr qurilmalarining ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Keyinchalik Maykl Faradey elektromagnit induksiyasini kashf etdi va natijada elektr dinamik mashinalari, transformatorlar yaratildi. Koʻrib turganimizdek, inson elektr energiyasidan amaliy maqsadlarda nisbatan yaqinda foydalanishni boshlab, bu sohadagi yangi kashfiyot va takomillashtirishlar ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!