Fan qanday paydo bo‘lgan?
Fan qanday paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

“Olim” deganda koʻz oldingizda kim namoyon boʻladi? Chamasi, bu olam yoki odamni oʻrganadigan, rasadxonalar quradigan va tajribalar oʻtkazadigan, keyinchalik maʼlum tamoyillar va qoidalarni shakllantiradigan kishi boʻlsa kerak. Ammo XVII asrga qadar odamlar biror muammoni hal qilishni yoki biror narsani tushunishni xohlasa, ular bu haqida yozilgan hamma narsani oʻqigan yoki hukumatning fikrini soʻragan.

1600-yildan koʻp oʻtmay Galileo Galiley yangi usulni yaratgan. U narsalarni sinab koʻrib, ular bilan nima sodir boʻlishini kuzatishni boshlagan. Boshqacha qilib aytganda, u tajribalar oʻtkazgan. Asta-sekin koʻp odamlar narsalarni sinab, olingan natijalarni qayd qila boshlagan. Koʻproq faktlar maʼlum boʻlgani sari ularning baʼzilari bir-biri bilan bogʻliq degan xulosaga olib kelgan. Bu bogʻliqliklar ilmiy tamoyillarga birlashtirilgan va boshqa tajribalar uchun qoʻllanma sifatida ishlatilgan.

Shu tarzda, fan deb nomlangan bilim asoslari tez tarqala boshlagan. Alohida faktlar oʻrtasida mavjud koʻplab tabiiy bogʻliqliklar fanning alohida yoʻnalishlarga (sohalarga) boʻlinishiga sabab boʻlgan. Bugungi kunda fanning turli sohalari mavjud. Tabiiy fanlar atrofimizdagi narsa va hodisalarni oʻrganadi.

Ijtimoiy fanlar oʻrganadigan obyekt — inson hayoti va faoliyati. Bu fanlar asosiy yoki sofdir. Ular faktlarni oʻrganib, umumiy tamoyillarni oʻrnatadi. Amaliy fanlar bu faktlar va tamoyillardan inson faoliyatining turli sohalarida foydalanadi. Amaliy fanlarga farmatsevtika, tibbiyot, oʻrmon xoʻjaligi, qurilish muhandisligi va boshqalar misol boʻla oladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!