Kirxonalar qanday paydo bo‘lgan?

Inson qayerda yashashidan qat’i nazar, doimo yuvish muammosini hal qilishi kerak boʻlgan. “Kirxona” soʻzining kelib chiqishi qiziq. Qadimda kiyimga xushboʻy hid berishi uchun yuvilgan buyumlar orasiga lavanda¹ qoʻyilgan. Fransuzcha “lavande” soʻzi lavanda, “lavandiere” soʻzi esa kir yuvuvchi ayol (kirchi) deb tarjima qilinadi. Qadimda Fransiyada kiyimlarni yuvuvchi ayol shunday atalgan. Bundan ingliz tilidagi “laundress” (“kir yuvuvchi”) va “laundry” (“kirxona”) soʻzlari paydo boʻlgan.

Dastlabki sivilizatsiyalar kiyim-kechak buyumlarini yuvishning turli usullaridan foydalangan. Qadimgi Misr qabrlaridan birida blokka osilgan tosh yordamida nishab stoldagi hoʻl kiyimlarga ishlov berayotgan ikkita qul tasvirlangan rasm boʻlib, unda suv stol ostida joylashgan tarnov orqali oqib tushyapti. Rimliklarning kiyimlari asosan jundan tayyorlangani uchun uni yuvishda hajmi va shaklini saqlab qolish katta mahorat talab qilgan.

Kiyimlar “namatchi” deb ataladigan kishilar ishlov beradigan jamoat kirxonalariga olib borilgan. Namatchilar ikki turdagi ishlarni bajargan. U yangi kiyimlarni toʻqigan, shuningdek, unga olib kelingan kiyimlarni tozalagan. Namatchilar Angliyada kigiz bosadigan korxonalar tashkil etilgunga qadar koʻp asrlar davomida oʻz hunarmandchiligi bilan shugʻullangan. Bu vaqtga kelib kir yuvishda yogʻoch joʻvalar ishlatilgan. Kir yuvuvchi ayollar bu joʻvalar bilan nam kiyimlarni urib, shu tariqa suv bilan birga undan kirni chiqargan.

Ilgariroq, joʻvalar boʻlmagan davrlarda kiyimlar oyoq bilan tepib ezilgan. Britaniya kirxonalarida koʻp asrlar davomida qadimgi Yunoniston va Rimda qoʻllangan kiyimlarni yuvish usullaridan foydalanilgan. Sovunning narxi juda qimmat boʻlgani uchun kiyimlar tozalash vositasisiz yuvilgan. Texnikaning rivojlanishi bilan kiyimlar asta-sekin kir yuvish mashinalari tomonidan amalga oshirila boshlangan.


 ¹lavanda havorang yoki binafsharang gulli, xushboʻy, doim yashil oʻsimlik.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!