“Poni ekspress” nima?

Telegraf va temiryoʻl transporti paydo boʻlishidan sal oldin Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati “Poni ekspress” deb nomlangan pochta tizimini yaratgan. 1860-yilda ish boshlagan tizim Missuri shtatining Sent-Jozef shahridan mamlakatning Tinch okeani sohiligacha faoliyat yuritgan.

Pochtani tashish uchun butun bir otlar parkidan foydalanilgan. Har bir ot 10–15 mil masofani bosib oʻtishi kerak boʻlgan, soʻngra chavandoz keyingi pochta stansiyasiga yetib olish uchun boshqa bardam otga oʻtirgan. Har bir chavandoz pochta sumkasini keyingi chavandozga topshirish uchun uchta oraliq masofani, jami 30 milni bosib oʻtishi kerak boʻlgan. Bu chavandozlar juda bardoshli va jasur kishilar boʻlgan. Ular yomon ob-havodan yoki ularga hujum qilishi mumkin boʻlgan hindulardan qoʻrqmagan. Chavandozlar poni emas, oddiy otlardan foydalangan. Shuning uchun “Poni ekspress” pochta tizimining nomi biroz shartli boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!