Toj kiydirish marosimi toshi nima?

Vestminster abbatligida Angliya qirolichasiga toj kiydirish marosimida, uning taxti toj kiydirish marosimi toshi deb ataladigan tosh ustida turardi. U katta va shonli tarixga ega. 1286-yilgacha bu tosh Shotlandiya qirollariga toj kiydiriladigan Skoun abbatligida boʻlib, toj kiydirish marosimida u katta ahamiyatga ega boʻlgan. Yepiskop bu “qismat toshida” turgan qirol boshiga tojni qoʻygan.

1286-yil nimasi bilan ahamiyatli? Shu yili qirol Aleksandr III otidan yiqilib vafot etadi. Uning barcha oila aʼzolari bundan oldin olamdan koʻz yumgan va faqat Norvegiyada tugʻilgan nabirasi Margaret tirik boʻladi. Roʻy bergan vaziyatda qirolning ikki uzoq qarindoshi — ingliz Jon Baliol va Robert Bryus taxt uchun kurashni boshlaydi. Bu vaqtda Angliya qiroli boʻlgan Eduard I Margaretga vasiyligidan foydalanib, hokimiyat uchun kurashga aralashishga qaror qiladi. U oʻgʻlini Margaret bilan nikohlab, ikkala qirollikni birlashtirishni taklif qiladi. Hukmdorning muammoni bu yoʻl bilan hal qilishdagi yondashuviga barcha rozi boʻladi.

Afsuski, ikki oy oʻtgach Shotlandiyaga ketayotgan jajji Margaret vafot etadi. Shotlandiyadagi oliy hukmdorlikka daʼvo qilayotgan Eduard Jon Baliolga qirol boʻlishga ruxsat beradi. Baliol oʻz hukmdoriga qarshi uch yil davomida qurolli isyon qilgani uchun Eduardning qoʻshinlari Shotlandiyaga bostirib kiradi. Eduard I Shotlandiya armiyasini qiyinchiliksiz magʻlub etib, mamlakatni oʻz davlatiga qoʻshib oladi va uni hatto vassal qirollik maqomidan mahrum qilib, buning ramzi sifatida “qismat toshini” Londonga olib keladi. Vestminster abbatligidagi ingliz taxti poydevoriga oʻrnatilgan bu tosh hozirgi kungacha oʻsha yerda joylashgan.

Maʼlumki, Robert Bryus oxir-oqibat Shotlandiya qiroli boʻlgan va butun umri davomida Angliyaga qarshi kurashgan. Ammo bu boshqa hikoya uchun mavzu.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!