Ko‘chmas mulk nima?

Sizning stul, mashina, uy-roʻzgʻor jihozlari va boshqa narsalaringiz boʻlishi mumkin. Bu narsalarning har biri oʻgʻirlanishi, yoʻqolishi yoki buzilishi mumkin. Agar bu mulkni qaytarib olish uchun sudga murojaat qilsangiz, yoʻqolgan yoki buzilgan buyum uchun tovon puli olasiz. Ammo yer egasi boʻlsangiz va biror sababga koʻra yeringiz tortib olinsa, unda sudyalar sizga yeringizning oʻzini qaytarib berishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, yer koʻchirib boʻladigan mulkdan farqli oʻlaroq, koʻchmas mulkdir. Qadimda Angliyada ushbu farq asosida mulkning ikki turi — koʻchmas mulk va koʻchirib boʻladigan mulk mavjudligi qonuniylashtirilgan. Oʻtmishda yer (koʻchmas mulk) eng qimmat narsa hisoblangan. Bugungi kunda odamlar koʻchmas mulkdan koʻra qimmatroq deb hisoblaydigan narsalar mavjud. Masalan, biror kompaniya aksiyalarining bir qismi, keng isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish vositalari uchun patentlardan foydalanish huquqi.

Feodalizm davrida qonunlar shakllanayotganda nafaqat yer, balki undagi barcha narsa koʻchmas mulk deb hisoblangan. Masalan, daraxtlar, binolar va ularga tegishli boʻlgan barcha narsalar. Koʻchmas mulkning bunday talqini hozir ham mavjud. Masalan, stol chirog‘i binoning ajralmas qismi hisoblanmaydi va shuning uchun uni alohida sotish mumkin. Agar chiroqni devorga oʻrnatgan boʻlsangiz, u koʻchmas mulkning doimiy jihoziga aylanadi va uni faqat bino bilan birga sotish mumkin.

Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga sotish boʻyicha bitim tuzilganda, bu harakat rasmiy ravishda davlat yer komissiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Aks holda, bu bitim noqonuniy hisoblanadi. Shu maqsadda, yer sotib olayotgan shaxs mulkka egalik huquqini beruvchi hujjatlarini diqqat bilan koʻrib chiqishi kerak. Bu hamma narsa joyida ekaniga ishonch hosil qilish, yaʼni boshqa hech kim bu yerga daʼvo qilmayotgani va unga egalik qilish huquqiga ega emasligiga amin boʻlish uchun kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!