Qo‘l berib ko‘rishish qanday paydo bo‘lgan?

Bugungi kunda uchrashish yoki xayrlashish paytida qoʻl berish tabiiy hol deb hisoblanadi. Ammo biz oʻylamasdan qiladigan koʻp narsalar bir vaqtlar ramziy maʼnoga ega boʻlgan. Masalan, ibtidoiy hayotda qoʻl hukmronlik va kuch ramzi hisoblangan boʻlishi mumkin. Undan dushman bilan jangda, ovda, qurol va asboblar tayyorlashda foydalanilgan. Shunday qilib, boshqa odamga uzatilgan qoʻl — qurol yoki jang qilish istagi yoʻqligini anglata boshlagandan beri kishining yaxshi niyatda ekanini anglatgan.

Imo-ishoralar qadimgi dinda, masalan, hokimiyat belgisi sifatida muhim ahamiyatga ega boʻlgani ma’lum. Yunonlar oʻz xudolariga qoʻllarini koʻtarib ibodat qilgan. Bir vaqtlar kaftlarni bir-biriga qoʻyib birlashtirish keksalarga koʻrsatilgan hurmat belgisi hisoblangan. Qachonlardir arablar orasida yoshi kattalarning qoʻllarini oʻpish odati boʻlgan. Keyinchalik boadab arablar qoʻllarini oʻpishlariga qarshi chiqa boshlagan va  buning oldini olish maqsadida bir vaqtning oʻzida ikkala qoʻl bilan koʻrishishga harakat qilishgan.

Qadimgi yunonlar notanish odamga doʻstona munosabatini bildirish uchun oʻng qoʻlini uzatgan. Shunday qilib, asrlar davomida insonning qoʻli va ishoralari ahamiyatli maʼnoga ega boʻlgan. Oʻylamasdan qoʻl berib ko‘rishganimizda, aslida qadimdan bizgacha yetib kelgan anʼanani davom ettiramiz.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!