20.02.2024
Daromadlarga odam ishlab topadigan ish haqi, mukofot puli, obligatsiyalar boʻyicha belgilangan foizlar va bank hisob varaqalaridagi jamgʻarmalar, qimmatli qogʻozlardan dividend va koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar kabi barcha narsa kiradi. Bunga shifokor, advokat, yozuvchi, ixtirochi va boshqa mutaxassislarning gonorarlari ham kiradi.
Angliya aholisi daromad soligʻiga birinchi marta 1799-yilda Kichik Vilyam Pit tomonidan tortilgan. Gʻaznaga tushgan pul Fransiya bilan boʻlayotgan urush xarajatlarini qoplashga sarflangan. Hozirgi vaqtda daromad soligʻi kapital qoʻyilmalar yoki daromad sifatida olingan barcha yillik daromadlar uchun shaxsiy soliqni oʻz ichiga oladi. Soliq miqdori aylanma mablagʻlardan olinadigan yillik foyda; daromad miqdoriga qarab oʻzgarib turadigan daromadlar boʻyicha ajratmalar hamda mehnat va mehnatsiz daromadlar oʻrtasidagi farqqa koʻra aniqlanadi. Daromadning bir kishi va uning oilasini boqish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini tashkil etadigan qismi soliqqa tortilmaydi.
Britaniyada soliq ajratmalari miqdori Yillik moliyaviy akt bilan belgilanadi. Soliq tizimini boshqaradigan odamlar ichki soliqlarni boshqaradigan davlat departamenti aʼzolari deb ataladi. Soliq inspektorlari mahalliy soliq toʻlovlarining toʻgʻriligini nazorat qiladi. Davlat departamentining bosh yoki maxsus aʼzolari soliq solish boʻyicha apellyatsiyalar yoki ularni rad etilishini tinglaydi. Daromad soligʻi birinchi marta joriy etilganda faqat vaqtinchalik chora sifatida nazarda tutilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.