20.02.2024
Supurgi va choʻtka bir-biriga biroz oʻxshaydi. Albatta, supurgi faqat supurish uchun ishlatiladi. Supurgidan ming yillar oldin ixtiro qilingan choʻtkalarning koʻpchiligi ham shu maqsadda ishlatiladi. Gʻorda yashagan ibtidoiy odam tayoqning uchiga bogʻlangan hayvonlar junidan yasalgan choʻtkalardan foydalangan. Oshxona supurgisi uzun tutqichga biriktirilgan novda, qamish yoki daraxt poʻstlogʻidan iborat boʻlgan. Mustamlakachilik davrida Amerikada xuddi shunday supurgi ishlatilgan. Bugungi Yevropaning koʻplab mamlakatlarida ham bunday supurgi bilan koʻchalar va uydagi pollar supurilayotganini koʻrish mumkin.
Bugungi kunda bizga maʼlum boʻlgan supurgi tariq poyasidan yasaladi. U dastlab Amerikada tayyorlangan. Bu haqiqatga toʻgʻri keladimi yoki yoʻqmi, lekin uning kelib chiqishi haqida afsona bor. Unga koʻra, Benjamin Franklinga doʻsti Hindistondan oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va kichik supurgiga juda oʻxshash boʻlgan kiyim choʻtkalaridan birini yuborgan. Franklin choʻtkada bir nechta tiqilib qolgan urugʻni topib olib, ularni yerga ekkan. Ular unib chiqqan va bir necha yil oʻtgach, bu don ekini Amerika boʻylab keng tarqalgan.
Bir kuni Massachusets shtatining Xadli shahrida istiqomat qiluvchi keksa boʻydoqqa yangi supurgi kerak boʻlgan. U tariq poyalarini kesib olib, ularni bir-biriga bogʻlab, uyidagi pollarni supurib chiqqan. Shundan soʻng u qayin supurgidan foydalanmay qoʻygan va bunday supurgilarni yasab, qoʻshnilariga sota boshlagan. U 1843-yilda vafot etganida, supurgi ishlab chiqarish muhim sanoatga aylanib ulgurgan. Xadlida bu oʻsimlik har yili minglab gektar maydonda yetishtirilgan. Hozirgacha ham supurgilarni ishlab chiqarish asosan qoʻlda amalga oshiriladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.