Birinchi akrobatlar qachon paydo bo‘lgan?

Inson har doim vaqtini chogʻ qilishni yoqtirgan. Sivilizatsiya boshlanganidan beri bunday koʻngil ochish uchun akrobat, jonglyor, hayvon oʻrgatuvchilar va masxarabozlar boʻlgan. Shunday uchun birinchi akrobatlar qachon paydo boʻlganini aniq ayta olmaymiz. Bugungi kunda akrobatlar haqidagi tasavvurimiz sirk bilan bogʻliq. Birinchi sirkni xotirlab, zamonaviy akrobatlar qanday paydo boʻlganini tasavvur qilishimiz mumkin.

Rimdagi “Maksimus” sirki qadimdagi birinchi va eng katta sirk boʻlgan. U dastlabki faoliyatini miloddan avvalgi III asrda boshlagan va asosan ikki gʻildirakli poyga aravalari musobaqalari uchun moʻljallangan. Bu sirkdagi muhit hozirgi zamonaviylarinikiga oʻxshagan. Bu xalq uchun katta tomosha boʻlgan. Shu bilan birga, boshqa teatrlarda bugungilarga juda oʻxshash sirk tomoshalari namoyish etilgan. U yerda jonglyor, akrobat, dorboz va hayvonlar oʻrgatuvchilar chiqishlar qilgan.

Rim imperiyasi qulaganidan soʻng deyarli ming yil davomida sirk uyushgan shaklda boʻlmagan. Akrobat, jonglyor va dorbozlardan iborat boʻlgan sirk artistlari truppalari tomoshalar koʻrsatgan. Akrobatlar doimiy sirk binosida birinchi marta 1768-yilda Angliyada chiqish qilgan. Ular masxaraboz, dorboz va sirk chavandozlari bilan birga tomoshalar koʻrsatgan. Endi biz akrobatlar ming yillar davomida odamlarni xursand qilganini bilamiz. Ular bugungi kunda ham sirkdagi eng maroqli tryuklarni namoyish etmoqda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!