20.02.2024
Kechasi shaharning markaziy koʻchalari boʻylab sayr qilganda, doʻkon va reklamalarda turfa rang-barang chiroqlarni koʻrish mumkin. Ularni neon chiroqlar deb hisoblanadi. Aslida ularning hammasi ham neon gazi asosida emas. Chiroqlarda geliy, argon, kripton va ksenon kabi boshqa gazlar ham ishlatiladi.
Elektr chiroqning qizigan spirali bilan oʻzaro taʼsirlashgan har bir gaz oʻziga xos yorugʻlik rangiga ega. Shuningdek, yorugʻlikning rangi harorat, bosim va elektr kuchlanishiga qarab ham farq qiladi. Neon qizgʻish-sargʻish; argon qizgʻish-koʻk; geliy oqish-sariq, baʼzan binafsha rang; kripton sariq, yashil yoki och binafsha rang; ksenon koʻk yoki koʻkish-yashil rang beradi.
Elektr neon orqali oʻtganda, gaz atomlari yorugʻlik chiqaradi. Elektr tokining energiyasi baʼzi neon atomlaridan elektronlarini uchirib chiqaradi. Bu elektronlar neon atomlariga qayta birikkanida, energiya yorugʻlik shaklida ajralib chiqadi.
Yuqorida qayd etilgan barcha gazlar inert gazlar deb ataladigan bitta oilaga mansub. Bu gazlar tabiatda juda kam boʻlgani uchun ular baʼzan noyob gazlar deb ataladi. Bu gazlarning barchasi kimyoviy jihatdan faol emas. Bu ularning yonmasligini va normal sharoitda kimyoviy birikmalar hosil qilmasligini anglatadi. Bu gazlarning asosiy manbasi — havo (tabiiy gazdan olinadigan geliy bundan mustasno).
Gazlar havoda kislorod, azot, karbonat angidrid va boshqa moddalar bilan aralashgan. Inert gazlarni olish uchun havo juda past haroratgacha sovutilib, suyuqlikka aylantiriladi. Suyultirilgan havo baland minoralarga joʻnatilib, asta-sekin qizdiriladi. Muayyan gaz oʻz qaynash nuqtasiga yetganda, u bugʻlanadi va suyuq havodan ajralib chiqadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.