Nega olmos yarqirab porlaydi?

Olmoslar unchalik kamyob emasligini va arzon boʻlib, ularni sotib olishga hammaning qurbi yetishini tasavvur qilib koʻring. Olmoslar hozirgidek qimmatbaho hisoblanarmidi? Ikki narsa odamlarning olmosga ega boʻlish uchun intilishga undar edi. Birinchisi, olmos odamga maʼlum boʻlgan eng qattiq modda boʻlgani uchun sanoatda haligacha unga ehtiyoj boʻlardi. Ikkinchisi esa, odam olmoslarning bunday goʻzalligini tomosha qilib, zavqlanishni istardi.

Olmos tabiatda sodir boʻladigan jarayonning natijasidir. Millionlab yillar oldin yerdagi harorat asta-sekin pasayib borgan. Oʻsha paytda yer ostida qaynoq erigan suyuq tosh massasi boʻlgan. Bu massa haddan tashqari issiqlik va bosim taʼsirida qolgan. Natijada uglerod molekulalari zich, toza kristallarga birlashgan. Olmos shunchaki sof uglerod kristalidir. “Dagʻal” holatda topilgan tabiiy olmosning koʻrinishi juda xunuk boʻladi. Soʻngra odam uni bizga tanish yarqiragan qimmatbaho toshga aylantiradi.

Olmoslarning aksariyati ikki qismga boʻlinadi va har bir yarmi brilliant deb ataladigan yumaloq shakl beriladi. Keyin olmosda kichik qirralar tarashlanadi. Oʻrtacha olmosning 58 yoki undan ortiq qirrasi boʻlib, ular olmosning yarqirab porlashini taʼminlaydi. Buning sababi olmosning juda yuqori aks ettirish qobiliyatidir. Bu esa olmos tushgan yorugʻlikni boshqa moddalarga nisbatan koʻproq aks ettirishini anglatadi. Yorugʻlik olmosdan oʻtish oʻrniga, undan aks etadi. Shuning uchun olmosga qaraganimizda, yorugʻlikning katta qismi undan koʻzimizga qaytadi va u yanada yorqinroq koʻrinadi.

Shuningdek, olmos yorugʻlikni uning tarkibiy qismlariga ajratadi va shuning uchun olmos “yarqiramoqda” deyiladi. Fransuz ayol Agness Sorel 1430-yilda bu odatni boshlab bermasidan avval olmos zargarlik buyumi sifatida ishlatilmaganini bilarmidingiz?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!