Uran nima?

Uran sirli xususiyatlarga ega va insoniyatni atomning hayratga soluvchi energiyasi bilan taʼminlaydigan metalldir. Uranning tabiiy radioaktivligi undan tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, sanoat va biologiyada keng, baʼzan hayratlanarli tarzda foydalanishning asosidir.

Sof uran boʻlakchasi kumush yoki poʻlat boʻlagiga oʻxshaydi. Ammo oʻlchamiga nisbatan juda ogʻir boʻlib, 0,3 m³ hajmdagi uranning ogʻirligi yarim tonnadan oshadi. Uran tabiatda topilgan eng ogʻir elementdir. Uran ikkita gʻayrioddiy xususiyatga ega. Bu radioaktivlik, yaʼni uning atomlari asta-sekin parchalanib, radiatsiya shaklida energiya chiqaradi. Uning baʼzi atomlari yadroviy parchalanishga qodir, yaʼni ular portlab, ikki qismga boʻlinishi mumkin va bunda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Uranning parchalanishi atom elektr stansiyalari va yadro qurolining asosidir.

Kimyoviy jihatdan uran juda faoldir. Havo taʼsirida qolgan uran boʻlagi tezda qoramtir qobiq hosil qiladi. Ushbu qobiq uran va havodagi kislorod birikmasidir. Shuningdek, uran boshqa koʻplab elementlar bilan ham muhim birikmalar hosil qiladi. Uran oz miqdorda keng tarqalgan, ammo tabiatda hech qachon sof holda uchramagan. Uranni rudalardan ajratib olish juda uzoq va murakkab jarayon. Zavodlar kuniga yuzlab tonna rudani qayta ishlaydi, ammo har bir tonnadan atigi bir necha kilogramm uran olinadi. Dastlab ruda maydalanib, elakdan oʻtkaziladi. Keyin chiqindilardan tozalash uchun turli xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Soʻngra ruda “sariq tort” deb ataladigan yorqin rangli, loyga oʻxshash modda qolguniga qadar koʻplab tozalash jarayonlaridan oʻtadi. Uranning bu yaxshi tozalangan shakli tabiiy uranning faqat kichik bir qismi parchalanishi uchun yanada tozalanadi.

Bir kilogramm uran 3 000 000 kilogramm koʻmirnikiga teng energiyaga ega! Yadro reaktorlarida parchalanayotgan uran atomlari yuzaga keladigan zanjir reaksiyasi tufayli juda katta miqdorda issiqlik ajratadi. Bu issiqlik elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generatorlarning turbinalarini aylantirish uchun ishlatiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!