Dengiz o‘tlari foydalimi?

Dengiz suvi boʻlgan hamma joyda suv oʻtlarini ham uchratish mumkin. Ularning xilma-xil turi boʻlib, oʻsimliklarning suv oʻtlari deb ataladigan bargi, poyasi, ildizi va guli yoʻq katta guruhiga mansub. Shunday boʻlsa ham, ular xlorofill deb ataladigan yashil pigmentga ega. Shuning uchun ular oʻzlari uchun kerakli ozuqani ishlab chiqarishi mumkin. Xlorofill koʻpincha boshqa pigmentlar tomonidan yutib yuborilgani uchun ayrim dengiz oʻtlari yashil emas, jigarrang yoki qizil rangga ega.

Moʻtadil hududda jigarrang suv oʻtlari koʻproq tarqalgan. Ular suvning koʻtarilish va pasayish nuqtalari orasidagi qatlamda oʻsadi va bolalar barmoqlari orasida ezishni yoqtiradigan pufakchali gupsarlarga ega. Bu oʻsimliklar toshlarga ilgaksimon ildizlari yordamida yopishadi.

Yana bir keng tarqalgan dengiz oʻti — qoʻngʻir suv oʻti. U turli shakllarga ega boʻlib, koʻpchilik hollarda toshlarga qattiq poyasi bilan birikkan, uzun, yalpoq, qalin, pichoq tigʻiga oʻxshash bargli oʻt. Atlantika qirgʻoqlari boʻylab oʻsadigan bu suv oʻtlarining baʼzilarining uzunligi 6 metrga yetadi, Tinch okeanidagi ulkan qoʻngʻir suv oʻtlari esa undan ham uzunroq boʻladi. Bu qoʻngʻir suv oʻtlari odamlar foydalanadigan turlarga mansub, chunki kaliy karbonat angidridning yuqori konsentratsiyasiga ega boʻlgani uchun tuproqni oʻg‘itlashda ishlatiladi. Shuningdek, ular yod manbasi ham hisoblanadi.

Suv oʻtlarining yana bir foydali turi irland moxi deb ataladi. U charm kabi juda dagʻal va qattiq. U koʻp miqdorda agar-agar — rangsiz, jelega o‘xshash modda ajratadi. Sharqda tonnalab qizil suv oʻtlari quritilib, isteʼmol qilinadi. Ular unchalik toʻyimli emas, lekin koʻp miqdorda agar-agarga ega. Ular shoʻrvalarda qoʻshimcha sifatida hamda boshqa taomlarga quyuqlik berish uchun ishlatiladi.

Shuningdek, suv oʻtlari okeanda yashaydigan hayvonlar uchun asosiy ozuqa manbasi hisoblanadi. Kichik dengiz jonzotlari ular bilan oziqlanib, oʻz navbatida, kattaroqlari uchun ozuqaga aylanadi. Suv oʻtlari kislorod chiqarib, suvning toza saqlanishini taʼminlaydi. Koʻrib turganingizdek, suv oʻtlari odamlar uchun juda foydalidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!