20.02.2024
Ixtiolog dengizda yashovchi mavjudotlarni oʻrganadi. Buning uchun u baliqlarni ovlab, ularni oʻlik holda oʻrganishi kerak. Yoki suv ostiga chuqur tushib, ularning hayotini kuzatishi kerak. Ixtiologning eng muhim asboblaridan biri — spirt yoki formalinli eritma solingan idish. Suvdan chiqarilgan jonzotlar tezda aynib parchalangani uchun bu eritmasiz ularni oʻrganishga vaqti yetmas edi. Ixtiolog baliq va boshqa dengiz jonzotlarini tutish uchun eritma solingan idishidan tashqari traldan¹ ham foydalanadi.
Tral konus shaklida boʻlib, kapalak tutadigan matrapga juda oʻxshaydi. Uning keng qismi halqaga tikilgan boʻlib, qolgan qismi esa orqa tomonga choʻziladi. Kemaning shatakka oluvchi trosi halqaga ulanadi, ogʻir yuk esa kema harakatlanayotganda trosni pastga tortadi. Suv va baliq toʻrga uning keng qismi orqali kiradi. Suv toʻrning teshiklari orqali oʻtib ketadi, baliq esa qoladi. Katta va tez suzuvchi baliqlarni ovlashda suv oson oʻtishi va tral toʻri tez choʻzilishi uchun katta katakli toʻrlar tayyorlanadi. Mayda baliqlarni ovlash uchun kataklar kichikroq qilinadi.
Ixtiolog yetarli darajada baliqlar ovlanganini sezganda, toʻr tortib olinadi va bor oʻlja brezentga agʻdariladi. Turli xil dengiz hayvonlari hisoblab chiqiladi, tadqiqot uchun zarur boʻlganlari idishlarga joylashtiriladi, qolgan hammasi qaytarib dengizga qoʻyib yuboriladi yoki kema kambuziga (yaʼni oshxonaga) yuboriladi. Baʼzida ushlangan namunalar oʻlimidan bir necha daqiqa oʻtgach rangli suratga olinadi. Buning sababi shundaki, oʻlik baliq uni saqlab qolish uchun choralar koʻrilgan boʻlsa ham, rangini juda tez yoʻqotadi.
Laboratoriyada namunalar preperatlanadi (ishlov beriladi), yaʼni har birini alohida oʻrganish uchun ehtiyotkorlik bilan qismlarga ajratiladi. Biologlar jonzotlarning ichki tuzilishini oʻrganish uchun ularni preparatlaydi. Keyin ular orasidagi farqlar va oʻxshashliklar aniqlanadi.
¹Tral — kemalardan turib baliq tutadigan katta qopsimon toʻr.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.