20.02.2024
Koʻpgina fanlar singari bu fanning nomi ham hammasini oʻzi aytib turadi. “Antropologiya” nomi ikki yunoncha soʻz — “antropos” (odam) va “logos” (fan) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “odam haqidagi fan” degan maʼnoni anglatadi. Umuman olganda, antropologiya insonning jismoniy tuzilishi, urf-odatlari, tili, sanʼati va dini, sivilizatsiyasini oʻrganadi. Bu boshqa koʻplab fanlar, masalan, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, etika, sotsiologiya va boshqa fanlar antropologiya bilan chambarchas bogʻliq ekanini anglatadi.
Amalda antropologiya insonni oʻrganishning tor doirasi bilan cheklangan. Amaliy nuqtayi nazardan antropologiya uchta yoʻnalishdan iborat. Birinchisi, insonning tabiatdagi oʻrnini oʻrganadi. Odam hayvonlardan nimasi bilan ajralib turadi? Tana tuzilishining qaysi xususiyatlari uni maymun va boshqa hayvonlardan ajratib turadi? Uning bosh suyagi shimpanzenikiga oʻxshashmi? Bunday tadqiqotning maqsadi inson jismoniy xususiyatlarining uning taraqqiy etishi va madaniyatga erishishi bilan bogʻliqlikni kuzatishdir.
Antropologiyaning ikkinchi yoʻnalishi insonning turli xil irqlari va ularning tasniflarini oʻrganish bilan bogʻliq. Bu yoʻnalish etnologiya deb ataladi va turli irqlar oʻrtasidagi jismoniy farqlarni oʻrganadi. U ibtidoiy va zamonaviy odamlarning skelet va bosh suyaklarini taqqoslaydi, shuningdek, turli qabila va xalqlarning urf-odat va dinlarini ularning farq va taraqqiy etish xususiyatlarini aniqlash maqsadida oʻrganadi.
Antropologiyaning antropometriya deb nomlangan uchinchi yoʻnalishi ham mavjud. U insonning jismoniy oʻlchovlari — turli irq vakillarining boʻyi va vazni, suyaklarining kattaligi va boshqalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Masalan, aynan shu fan bugungi kunda odamning oʻrtacha boʻyi 1 m 65 sm ekanini aniqlab bergan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.