Ritsarlar kim?
Ritsarlar kim? Ritsarlar haqida ma'lumot.
2 min
Tarix

Oʻrta asrlarda ritsarlar Yevropadagi harbiylar orasida eng yuqori sinf vakillari hisoblangan. Otda jang qilgan ritsarlar jang maydonidagi aslzodalar boʻlgan. Butun turmush tarzi urush bilan bogʻliq boʻlgan ritsarlar oʻsha davrning buyuk qahramonlari hisoblangan. Ritsarlarning yuqori mavqeyi qisman oʻrta asrlarda qirol va hukumatlar haqiqatda juda kam kuchga ega boʻlgani bilan bogʻliq.

Hokimiyat eng yaxshi jangchilarga tegishli boʻlgan. Ot va hukmron qoʻlga ega boʻlgan hamda ulardan qanday foydalanishni bilgan odam katta ustunliklarga ega edi. Oʻzlarining xandaqlar bilan oʻralgan baland devorli qasrlarida yashagan qudratli ritsarlar atrofdagi hududlarni boshqargan, oʻzlarinikidan boshqa qonunlarni hurmat qilmagan va koʻpincha qoʻshnilariga qarshi urush boshlagan.

Ritsar uni toʻxtata oladigan boshqa kuchli odam boʻlmagani uchun oʻz xohishiga koʻra harakat qilgan. Koʻpgina ritsarlar oʻz mulklarida baʼzi qoidalarga rioya qilgan va oʻz odamlarini qaroqchilardan himoya qilgan. Ammo akasariyat ritsarlarning bosqinchilardan farqi boʻlmagan. Ritsarlar urushi oʻyinlarga, oʻyinlari esa urushlarga oʻxshagan. Ularning jangga koʻproq oʻxshash mashgʻuloti turnir boʻlgan.

Vaqt oʻtgan sayin ritsarlar ishtirokidagi toʻmtoq nayza va oʻtmas qilichlar bilan oʻtkazilgan turnirlar jang koʻrinishini olgan. Turnirning maqsadi jangdagi kabi — dushmanni asirga olish va joni evaziga oʻlpon undirish boʻlgan. Ritsarlar orasida “ritsarlik kodeksi” deb atalgan tartib-qoidalar boʻlgan. Uning asiri hatto ashaddiy dushmani boʻlganda ham, ritsar asiriga hurmatli mehmon sifatida munosabatda boʻlishi kerak edi.

Ritsar urush eʼlon qilmasdan boshqasiga hujum qila olmagan. Bu oʻzaro manfaatli masala boʻlgani uchun ritsarlar oʻz doiralarida bu tartibga qat’iy amal qilgan, chunki bir kun kelib, har qanday ritsar boshqasi tomonidan asirga olinishi mumkin boʻlgan. Ammo ularga ogohlantirishsiz hujum qilinishi xavfi boʻlgani uchun ham hech bir ritsar oʻz qalʼasini ogʻir va noqulay yarogʻ-aslahasiz tark etmagan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!