20.02.2024
Tikuv — igna va ip bilan matoning bir boʻlagini boshqasiga biriktirish. Hozirgi vaqtda bu shunchalik oddiy narsa boʻlib tuyuladiki, u inson tomonidan oʻzlashtirilgan birinchi koʻnikmalardan biri ekanini tasavvur qilish qiyin. Aslida esa shunday. Igna ixtiro qilinganiga qadar kiyim shunchaki matoni tanaga oʻrash orqali hosil qilingan. Ammo sivilizatsiya rivojlangani sari odam matolarni bir qilib tikishi kerak edi; shuning uchun ignalar qadim zamonlardan beri mavjud. Topilgan qadimiy ignalar qush va baliqlarning suyaklari, shuningdek, bronzadan yasalgan.
Qadimgi Misrda odamlar nafaqat igna va iplardan foydalanishni, balki kashta tikishni ham bilgan. Uch ming yil avval esa hindlar tikuvchi tomonidan tikilgan va biz kiyim deb ataydigan narsalarni qanday kesish, moslashtirish va tikishni bilgan. Oʻrta asrlarda kiyim juda oddiy boʻlgan. U uy bekasi va uning xizmatkorlari tomonidan tikilgan.
Keyinchalik, narsalar yanada shakldor boʻlgach, kiyimlar tanaga yopishib turgani uchun koʻproq chok va ularni yanada pishiqroq qilish zarurati tugʻilgan. Albatta, ular faqat qoʻlda tikilgan. Kichkina qizlar tikishni erta bolalikdan oʻrgangan va har bir yosh ayol yaxshi tikishi kerak deb hisoblangan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.