Arastu kim?

Arastu Qadimgi Yunonistonning atoqli kishilaridan biri boʻlgan. U tarixda maʼlum eng buyuk faylasuflardan biridir. Arastu taxminan yigirma yil davomida faylasuf Aflotun qoʻlida  tahsil olgan. Aflotun vafot etgach, u oʻzi taʼlim uslubini rivojlantira boshlagan. Arastu odam duch kelgan deyarli har bir muammo bilan qiziqqan. Aql qanday ishlaydi? Nima haqiqat, nima yolgʻon ekanini qanday aniqlash mumkin? Hokimiyatning qaysi shakli yaxshiroq?

Arastu atrof-muhitni kuzatish va faktlarni toʻplash orqali javob topishga harakat qilgan. U har bir hodisaning mantiqiy izohi bor deb hisoblagan va birinchilardan boʻlib tadqiqot va kuzatuvlar yordamida xulosalar chiqargan. Arastu Litseum deb nomlangan oʻz maktabini ochgan. U har bir insonni yaxshi va foydali hayot kechirish imkoniyatini anglash orqali dunyoda oʻz oʻrnini qidirishga undagan. U “oltin oraliq” — qarama-qarshiliklar oʻrtasidagi hayotga ishongan.

Aytishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, sheʼriyat, zoologiya, notiqlik sanʼati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, odob-axloq boʻyicha 400 ga yaqin kitob yozgan. Arastu asarlari butun dunyo odamlari tomonidan yuzlab yillar davomida oʻrganiladi. Hech bir kishi koʻpchilik odamlarning fikrlashiga bu qadar uzoq vaqt davomida taʼsir qilmagan.

Zamonaviy olimlar Arastu tomonidan ikki ming yildan koʻproq vaqt oldin qilingan koʻplab kuzatuvlar bugungi kunda ham toʻgʻri ekanini aniqladi. U bizga har bir daʼvo dalilga ega boʻlishi kerakligi va bilimlarning asosi faktlar ekanini koʻrsatib berdi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!