Leonardo da Vinchi kim?
Leonardo da Vinchi kim? Leonardo da vinchi haqida ma'lumot.
2 min
Tarix

Leonardo da Vinchi shu vaqtga qadar dunyoga kelgan eng ajoyib odamlardan biridir. Chamasi, tarixda biror kishi bu odam turli sohalarda amalga oshirgani kabi koʻplab ishlarda yutuqlarga erishmagan. 1452-yildan 1519-yilgacha umr koʻrgan Leonardo atoqli rassom, haykaltarosh va meʼmor boʻlib, koʻprik va yoʻllarni loyihalashtirgan, qurol-yarogʻ, libos va ilmiy asboblarni yaratgan. Garchi oʻsha davrdagi materiallardan ularni qurish imkoni boʻlmasa-da, u suvosti va uchish apparatini ixtiro qilgan. U inson tanasining tuzilishi haqida muhim kashfiyotlar qilgan. Leonardo ilm-fan va sanʼatga ayni nuqtayi nazardan munosabatda boʻlgan. Muammoni oʻrganib chiqqandan soʻng, u eng yaxshi yechimni topish uchun koʻplab xomaki chizmalar tayyorlagan. Leonardo mexanizmni loyihalash va surat solish oʻrtasida farqni koʻrmagan, u oʻzini qiziqtirgan barcha sohalarning bilimdoniga aylangan.

Leonardo yigirma yoshga toʻlganida rassomlar orasida taniqli usta boʻlishga ulgurgan edi. U har doim, masalan, yorugʻ va soya tomonlarni munosib boʻyoqlar vositasida koʻrsatish — yorugʻlik va soya oʻrtasida kontrastni yaratish texnikasidan foydalanish kabi yangi narsalarni qidirgani uchun uning ishlari boshqa rassomlarga katta taʼsir koʻrsatgan.

Leonardoning eng buyuk asarlaridan biri — “Maxfiy kechki ovqat” Milanda solingan. Jahon durdonalaridan biri hisoblangan bu asar aslida muvaffaqiyatsiz tajriba boʻlgan. Sekin ishlagan Leonardo moyboʻyoq bilan qurimagan suvoqqa rasm solgan. Natijada, rasm yemirila boshlagan va bugungi kunda uning holati jiddiy tashvishlarni keltirib chiqarmoqda. Leonardo inson tanasini oʻrganishga qiziqqan va tananing asosiy qismlari qanday birlashganini bilish uchun murdalarni yorib koʻrgan. Shuningdek, u biologiya sohasida ham koʻplab kashfiyotlar qilgan. Ehtimol, dunyodagi eng mashhur surat — “Mona Liza” Leonardo tomonidan Florensiyada solingan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!