Nega oltin qimmatbaho metall hisoblanadi?

Insoniyat tarixida oltin doimo qimmatbaho metall hisoblangan. Ehtimol, bu odamzod tanigan birinchi metall boʻlishi mumkin.

Ibtidoiy odam oltinga eʼtibor berishining sabablaridan biri oltin tabiatda aralashmalarsiz, yaʼni unga boshqa metall va minerallar qoʻshilmasdan sof va mayda parchalar holatida uchrashi boʻlishi mumkin. Oltin sargʻish rangda boʻlgani sababli qadimgi davrlardanoq odamlar zargarlik buyumlarini yasash uchun uni qoʻlga kiritishga intilishgan.

Odamlar oltinni qayta ishlash juda osonligini tushunganidan soʻng uning ahamiyati yanada oshgan. Sof oltin parchasini yupqa plastinkaga aylantirish koʻp kuch talab etmaydi va uni sindirmasdan bukish mumkin. Yaʼni qadimda odamlar metallga istalgan shaklni berishlari mumkin edi. Masalan, bir vaqtlar undan soch turmagini ushlab turadigan halqalar yasashgan. Bu keyinchalik oltindan toj va tillaqoshlarni yasashga olib kelgan.

Yerda oltin zaxiralari juda cheklangan. Tillaga ega boʻlmagan odamlar uni evaziga oʻz mahsulotlarini taklif qila boshlaganlar. Shunday qilib, oltin savdo vositasiga aylangan. Boshqa jismlar chidamsiz, oltin esa juda uzoq vaqt saqlanadi. Shuningdek, bu metall mahsulot qiymatining oʻlchoviga ham aylandi.

Koʻp yillar oʻtgach, oltindan ushbu metallning ahamiyati va qiymatini belgilaydigan pul ishlab chiqarish boshlangan.

Keyinchalik bankirlar oltinni seyfda saqlashni boshladilar va uni taqdim etish talabiga binoan ular yozma garov-hujjatlarni bera boshlashdi. Bunday amaliyotni hisobga olgan holda hukumatlar oʻz valyutasini (pul birliklari) chiqarishni boshladilar. Bu aslida talab etilgan taqdirda maʼlum miqdordagi oltinni toʻlab berish majburiyati toʻgʻrisidagi hujjatdir. Aytgancha, dunyoda qazib olingan oltinning qariyb yarmi AQSh moliya vazirligiga tegishli.

Tilla koʻp ekan deb Amerikaga ketib qolmang yana. Ilm dunyodagi eng katta boylik hisoblanadi. Koʻproq bilim oling.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!