Kafedral sobor nima?

Kafedral sobor¹ haqida eshitganmisiz? Oʻrta asrlarda butun Gʻarbiy Yevropa rim-katolik diniga mansub boʻlgan. Har bir jamoat oʻz cherkoviga ega boʻlgan. Bu cherkovlar yeparxiya deb atalgan hududlarda guruhlarga birlashtirilgan va har bir yeparxiya yepiskop boshqaruvi ostida boʻlgan. Yeparxiyaning bosh cherkovida yepiskoplik taxti — kafedra boʻlgan. Lotin tilidan tarjima qilinganda bunday cherkovning nomi “kafedral cherkov”ni anglatadi.

Kafedral soborlarning aksariyati xoch shaklida qurilgan. Xochning uzun qismi ibodat qiluvchilar toʻplanishi uchun xizmat qiladigan cherkov nefidir. Uni xochning koʻndalang qismi kabi bino kesib oʻtadi. Xochning “tepasida” esa mehrob va xor uchun joy boʻladi. Bunday cherkovlardagi gumbazlar koʻpincha ikkita uzatilgan boʻshliqning kesishish joyida qurilgan. Kafedral soborlar deyarli barcha meʼmoriy uslublarda qurilgan. Ammo eng mashhur soborlarning aksariyati vizantiya, roman, gotika yoki Uygʻonish davri uslubida qurilgan.

Notr-Dam de Pari kabi eng mashhur soborlarning koʻpchiligi XII-XIII asrlarga oid gotika uslubida qurilgan. Juda gʻalati, ammo dunyodagi eng katta gotik uslubdagi Avliyo Ioann sobori XIX–XX asrlarda Nyu-Yorkda qurilgan boʻlib, u rim-katolik emas, balki yepiskopal sobordir. Rimdagi Avliyo Pyotr soborida yepiskop kafedrasi boʻlmagani uchun u rasmiy ravishda kafedral sobor hisoblanmaydi. U Uygʻonish davri uslubidagi binolarning ajoyib namunasidir. Uning buyuk Mikelanjelo tomonidan yaratilgan gumbazi haqiqiy durdonadir.


¹Sobor — bosh cherkov, eng katta butxona; jome.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!