20.02.2024
Suv taʼmi, hidi va rangi boʻlmagan ikkita gaz — juda yengil vodorod hamda ogʻirroq, faolroq kislorod birikmasi. Suvning uch holati mavjud: suyuq, qattiq (muz) va gaz (suv bugʻi). Ammo suvning turli xil xususiyatlari haqida gap ketganida, tabiatda mavjud boʻlgan suvning hech qachon toʻliq sof emasligi aniqlanadi. Unda erigan mineral tuz, gaz va tirik organizmlar mavjud.
Biz juda kamdan kam hollarda “oddiy suv” bilan ish koʻramiz. Masalan, kimyoviy jihatdan toza suv taʼmsizdir. Ammo hammamiz suv har doim qandaydir taʼmga ega ekanini bilamiz. Qisman bu taʼmni suvdagi muayyan aralashmalar beradi. Atmosfera orqali oʻtayotgan yomgʻir tomchilari undan baʼzi gazlarni oladi. Bu gazlarning eng muhimi kislorod boʻlib, u tirik organizmlarning suvda yashashiga imkon beradi. Karbonat angidrid suv tarkibidagi yana bir muhim gazdir. Suv eritmasidagi karbonat angidrid (koʻmir kislotasi¹) tufayli suv ohaktosh jinslarini yemirib, gʻor va botiqliklar hosil qilishga qodir boʻladi.
Koʻmir kislotasi suvdagi ohak va magniy karbonatni eritib, suvni “qattiq” qiladi. Qattiq suvda sovun yaxshi koʻpirmaydi. Qaynatilganda esa choynak ichida ohakli choʻkindi qoladi. Tabiiy suv tarkibida gazlardan tashqari erigan tuzlar ham boʻladi.
Daryo va koʻl suvida shunchaki suzib yuradigan noorganik zarralar ham mavjud. Suv Yerning katta energetik doirasining bir qismidir. Quyosh dengiz va okeanlardagi suvni bugʻlantirib, havoga koʻchiradi. Havoda suv bugʻlari bulutlarga toʻplanib, yomgʻir, tuman, qor yoki shudring shaklida yana dengizga qaytib tushadi.
¹Koʻmir kislotasi — karbonat angidrid gazini suvda eritib hosil qilinadigan kislota
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.