Tosh koni nima?

Tosh qazib olish — tosh yerdan chiqarib olinadigan jarayon. Tosh yaxlit palaxsa, plita yoki maydalangan shagʻal holatida qazib olinishi mumkin. Palaxsa yoki plita qurilishda ishlatiladi. Shagʻal esa yoʻl oʻtkazishda qoʻllaniladi. Tosh konlarining har xil turi mavjud. Baʼzilarida tosh ulkan yaxlit massa shaklida uchraydi. Boshqalarida esa tosh turli qalinlikdagi qatlamlarni hosil qilgan boʻladi.

Tosh koni bu — yerdagi katta chuqurlik. Baʼzan u keng va sayoz, baʼzan esa chuqur tor quduq shaklida boʻladi. Tosh koni ishchilari zinapoyalardan foydalanadi yoki ular konga mexanik vositalar yordamida tushiriladi. Tosh konida koʻpincha suv bilan bogʻliq muammo uchraydi. Bu kon katta toshkosa shaklida boʻlib, unga tushgan barcha yomgʻir suvining toʻplanishi oqibatida kelib chiqadi. Bunday hollarda suvni tortib olish kerak boʻladi.

Baʼzan qazib olinadigan tosh yer ostida boʻladi. Bunday tosh koni shelf deb ataladi. Bunday konda mashinalar toʻgʻridan toʻgʻri toshga yaqinlashib, uni tortib olib ketishi mumkin. Kon ochiladigan joy qanday aniqlanadi? Avval tadqiqot oʻtkazish kerak. Geologlar yaxshi tosh joylashgan joyni aniqlashi mumkin. Keyin esa toshdan namuna olinishi kerak.

Tadqiqot davomida maydonning turli joylarida bir nechta tuynuk burgʻilanadi. Yer yuzasiga chiqarib tekshirish maqsadida tosh markazidan diametri taxminan 5 sm li namuna kesib olish uchun maxsus burgʻilar ishlatiladi. Ba’zi burgʻilar 850 m chuqurlikka kirib borishi mumkin. Namuna konning foyda keltirishi uchun toshning yetarli darajada yaxshi yoki yomonligini koʻrsatadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!