20.02.2024
Odamlar sutni qadim zamonlardan beri isteʼmol qiladi. Bugungi kunda sut turli xil hayvonlardan sogʻib olinadi. Britaniyada va ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarning aksariyatida sigir suti olinadi. Ispaniyada qoʻy suti isteʼmol qilinadi. Arab choʻllarida sut tuyalardan sogʻiladi. Misrda sutni buyvol beradi. Peruda esa lama sut beruvchi hayvondir. Tibetda odamlarga sutni qoʻtos beradi. Koʻplab mamlakatlarning aholisini echki sut bilan taʼminlaydi.
Turli jonivorlarning suti bir xilmi? Yoʻq. Har bir hayvon oʻz avlodi uchun moʻljallangan sutni yetishtiradi. Sigir suti inson bolasi uchun emas, balki buzoq uchun moʻljallangan. Chaqaloq buzoqqa qaraganda nozikroq boʻlgani sababli sigir suti uning uchun ona sutiga qaraganda dagʻalroqdir. Ammo sigir suti odamnikiga ancha oʻxshash boʻlgani uchun bola uni ichib, kuchli va sogʻlom oʻsishi mumkin. Sigir sutida inson sutiga qaraganda shakar kamroq, tuz va muhim oqsil moddasi boʻlgan kazein esa toʻrt baravar koʻp. Hayvon turiga qarab sut har xil boʻlsa-da, har qanday holatda ham uning tarkibida yogʻ, oqsil, uglevod va minerallar bor. Odam nimaning sutini isteʼmol qilishidan qat’i nazar, u bilan hayot uchun zarur moddalarni oladi.
Turli xil hayvonlarning suti qanday farq qilishini bilish uchun sigir va bugʻu sutini taqqoslaylik. Sigir sutining tarkibi taxminan 87 foiz, kiyikniki esa atigi 68 foiz suvdan iborat. Sigir sutining yogʻligi taxminan 4 foiz, bugʻu sutiniki esa taxminan 17 foizni tashkil qiladi. Bugʻu sutida shakar ikki baravar kam, kazein miqdori uch baravar, boshqa oqsillar esa taxminan besh baravar koʻp. Bugʻu suti sigir sutidan qanchalik farq qilishiga amin boʻldingiz. Ammo Laplandiya xalqi sigir sutini juda xush koʻradi. Hatto sigir suti ham sigirning oziqlanishiga, sogʻligʻiga va sogʻishlar oraligʻidagi vaqtga koʻra farq qilishi mumkin. Sogʻish paytidagi oxirgi sut yogʻliroq boʻladi, shuning uchun bir sigir yaxshi sogʻilganda yogʻli, yomon sogʻilganda esa yogʻsizroq sut beradi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.