Kaktusning bargi bormi?

Kaktus ogʻir sharoitlarda oʻsishga qodir, chunki bu oʻsimlik bunday sharoitlarga moslashgan. Kaktuslar boshqa oʻsimliklar bilan bir xil tuzilish va rivojlanishga ega. Ammo oʻsimliklar bargi bajaradigan ishlarni kaktus poyasi va novdalari bilan amalga oshiradi. Barglarning yoʻqligi, tikanli novda va poyalari kaktusning issiq, quruq joylarda omon qolishiga yordam beradi. Boshqa oʻsimliklarning bargi yupqa tuzilishi bilan ajralib turadi va oʻsimlik nafas oladigan mayda kovakchalarga ega.

Hujayralar boʻlinib, yangilarini hosil qilgan paytda suv bu kovakchalar orqali havoga bugʻlanadi. Kaktus esa har bir tomchi suvni ehtiyot qilib saqlashi kerak. Shuning uchun uning novdalari barg vazifasini oʻziga oladi. Ularning qalin qobigʻida kovakchalar kam boʻlgani uchun kaktusdagi suv saqlanib qoladi. Kaktusning ildizlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu sababli kaktus yomgʻirdan keyin yer yuzidagi suvni tezda soʻrib oladi. Ildiz orqali oʻtgan suv kaktusning etli yoki gʻovak poyalarida toʻplanadi. Oʻsimlikning tashqi qoplamasi chandir, qalin va silliq boʻlib, bu ham suvni tejashga yordam beradi.

Ayrim kaktuslarning paylari akkordeon kabi qisqaradi va choʻziladi. Ular oʻsimlik suv bilan toʻlganda choʻziladi, suv tugagandan soʻng esa qisqaradi. Kaktuslar oilasida, masalan, Gʻarbiy Hindistondagi “limon novdasi” kabi bargli turlar ham bor. Ammo kaktuslarning ko’pchiligida barglar tikanak yoki tuklarga aylangan. Bu muayyan bir hududdagi yagona yashil oʻsimlik boʻlgan kaktuslarni hayvonlar isteʼmol qilishidan himoyalashga yordam beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!