Kamed — daraxt yelimi nima?
Kamed — daraxt yelimi nima? Kamed qaysi sohalarda ishlatiladi?
2 min
Bu nima?

Kamed¹ (oʻsimliklarning qatronli ajratmasi) yoki gummi sizni saqich bilan taʼminlashdan koʻra muhimroq, turli xil maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Albatta, yelimning juda koʻp turi mavjud. Uning “gummi arabik” (arab yelimi) deb ataladigan turi konfet, dori-darmon va yelim tayyorlashda, shuningdek, ipak ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kamed koʻpgina tabiiy qatronlar singari oʻsimliklardan havoda qotadigan va suvda eriydigan quyuq va yopishqoq suyuqlik shaklida olinadi. Gummi arabik Afrika, Avstraliya va Osiyoda oʻsadigan akatsiyaning ayrim turlaridan ajralib chiqadi. U sariq yoki qizgʻish shaffof boʻlaklar shaklida sotiladi.

Kamedning ayrim turlari suvda erimaydi, balki uni shimib olib, yumshoq, yopishqoq, jelesimon  massa hosil qiladi. Yoʻtalga qarshi tabletkalar ishlab chiqarish va matolarga ishlov berishda ishlatiladigan bunday kamed “dragon gummi” (ajdaho yelimi) deb ataladi. Kamedning yana bir muhim turi boʻlgan gilos yelimi somon shlyapa va boshqa narsalarni ishlab chiqarishda somonni kraxmallash uchun ishlatiladi.

Kamedning boshqa turlari — olxoʻri, shaftoli, archa, kauchuk yelimi. Kauchuk yelim ishlab chiqaruvchi daraxtlardan olinadi va oddiy saqich ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu turdagi kamedlarning barchasidan siyoh, mato, qogʻoz va dori-darmonlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Baʼzi eng yuqori sifatli turlari tibbiyot va ilmiy laboratoriyalarda mikroorganizmlar bilan ishlashda qoʻllanadi. Kamed koʻpincha yilning quruq mavsumida yigʻib olinadi va bozorga “lapsha” yoki “koʻz yoshi” shaklida keltiriladi.

Kimyoviy jihatdan kamed shakar molekulalari bilan bogʻlangan kislota molekulalaridan iborat. Yuqorida soʻz borgan sof kameddan tashqari, tosh qatroni ham bor. U ham oʻsimliklardan olinadi, ammo sof kameddan farqli oʻlaroq, u suvda toʻliq erimaydi. Bunday qatronning eng taniqli ikki turi — ladan va mirra. Ular juda xushboʻy modda boʻlib, atir va essensiya ishlab chiqarishda ishlatiladi.


¹Kamed — daraxt, oʻsimlik yelimi (shirasi)

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!