Idish qanday til?

Dunyodagi eng qiziq tillardan biri — butun dunyo yahudiylari soʻzlashuvchi yahudiy tili. Ikkinchi jahon urushidan oldin 8 million yahudiy idishda gapirgan yoki uni tushungan. Axir yahudiylar tili Tavrotning eng qadimgi tili boʻlgan ivrit¹ emasmi? Xuddi shunday! Ivrit — din va olimlar tili, diniy-adabiy asarlarning aksariyati shu tilda yozilgan, bugungi kunda Isroil xalqi ham undan foydalanmoqda. Idishni faqat jamiyatning oʻqimagan qatlamlari foydalanadigan, dialekt deb biladigan koʻplab filolog olimlar mavjud.

Aslida, idish dastlab Germaniyada rivojlangan. Taxminan ming yil oldin Fransiya va Italiya shimolidagi koʻplab yahudiylar Gʻarbiy Germaniyaga koʻchib oʻtishni boshlagan. Tillarning aralashishi natijasida (asosiy nemis, shuningdek, olib kelingan italyan va fransuz tillari) yangi dialekt yoki til rivojlanib, shu tariqa idish paydo boʻlgan. Aytgancha, bu soʻzning oʻzi nemischa “yudish” dan kelib chiqqan.

XIV asrdan keyin koʻplab yahudiylar Polsha va qoʻshni mamlakatlarga koʻchib oʻtgan. U yerda idishning mahalliy tillarga asoslangan turli xillari yaralgan. Germaniyada qolganlar esa idishning klassik koʻrinishini takomillashtirgan. Idish ivritning yozma belgilaridan foydalanadi va koʻplab soʻzlar bu tildan oʻtgan, ammo koʻpchiligi butunlay boshqacha. Qizigʻi shundaki, uzoq vaqt davomida idishdan asosan ayollar foydalangan.

Bunga yahudiylar orasida faqat erkaklar olim boʻlgani va ular ivritni oʻrgangani sabab boʻlgan. Shuning uchun idishni “ona tili” deb atash boshlangan. Aftidan, hech bir til idish kabi mahalliy tillardan oʻzlashtirilgan koʻp sonli soʻzlardan foydalanmasa kerak. Masalan, idishda soʻzlashadiganlarning aksariyati gilam, shlyapa, etak, koʻylak va boshqalarni ifodalash uchun inglizcha soʻzlardan foydalanadi. Ammo AQShda, aksincha, yahudiy boʻlmagan koʻplab odamlar idish soʻzlarini ishlatadi, masalan, haddan tashqari hissiyotni anglatadigan “shmals” soʻzi. 


¹Ivrit — qadimgi yahudiy tili, hozir Isroil davlatining rasmiy tili

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!