20.02.2024
Mexanik soatlar ixtiro qilingan dastlabki davrlarda stol va qoʻl soatlari ishlab chiqarishda yetakchi boʻlgan mamlakatlar yoʻq edi. Mohir ustalar bir mamlakatdan ikkinchisiga koʻchib yurgani bois soat ishlab chiqarish xalqaro kasbga aylandi. Ammo koʻp oʻtmay turli mamlakatlar turli xil soatlar boʻyicha ixtisoslasha boshladi. Masalan, Angliya uzoq davr mobaynida kema xronometrlari — chayqalish vaqtida gorizontal holatini taʼminlaydigan maxsus kronshteynlarga¹ oʻrnatilgan katta aniq soatlari bilan mashhur boʻlib kelgan.
Angliya, shuningdek, bong uruvchi soatlar ishlab chiqarishga ham ixtisoslashgan. Bunday soatlarning mexanizmlari katta miqdorda eksport qilinadi, butun dunyo soat ishlab chiqaruvchilari esa ularni oʻz korpuslariga oʻrnatadi. Germaniya dunyoni yogʻochdan oʻyib yasalgan kakkuqushli soatlar bilan taʼminlaydi. Ularning mexanizmi juda yuqori sifatli emas, lekin mahorat bilan yaratilgan oʻymakorlik ishlari juda chiroyli. Javohirot bilan bezatilgan baʼzi soatlar ham shu yerda yasaladi.
Shveysariyada soat ishlab chiqarish butun mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega milliy sanoatdir. Shveysariya XIX asrning oxirida qo‘l soatlari paydo bo‘lgan davrda soat ishlab chiqarishda yetakchiga aylandi. Shveysariyaliklar yuqori sifatli kichik mexanik soatlar ishlab chiqarish bo‘yicha tengi yoʻq mutaxassisdir. Budilnikli, taqvimli, avtomatik soatlar va xronometrlar deyarli faqat Shveysariyada ishlab chiqariladi.
Amerika soat sanoati korxonalarining aksariyati elektr va avtomobil soatlari hamda arzon budilnik soatlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Amerika Shveysariya, Germaniya, Yaponiya va Fransiyadan soat qismlarini (soat mexanizmlari, korpuslari, ehtiyot qismlar) import qilib, ularni oʻz korxonalarida yigʻadi.
¹Kronshteyn — devor yoki ustunga mahkamlangan tokcha, tayanch.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.