Sivilizatsiya qachon paydo bo‘lgan?

Inson biz madaniyatli jamiyat deb ataydigan narsaga erishganidan beri ancha vaqt oʻtdi. Odam dastlab hayvonlar singari yovvoyi holatda yashagan. U nutqqa ega boʻlmagan va faqat qidirib topgan narsalarni isteʼmol qilgan. Keyinchalik odamlar jamoalarda yashay boshlagan, olov yoqishni, so‘ngra mehnat qurollari yasashni va ov qilishni oʻrgangan. Odamzod ovqat pishirish uchun sopol idishlar yasashni oʻrgangan, qabila boʻlib yashab, bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻta boshlagan.

Inson taraqqiyotining varvarlik davri deb ataladigan keyingi bosqichi odamzod urugʻlardan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va hayvonlarni xonakilashtirishni oʻrganganini koʻrsatdi. Keyin esa u mis va temir kabi metallarni eritishni boshlagan va bu yanada takomillashtirilgan asboblarni ishlab chiqarish hamda oʻziga uy qurish imkonini bergan. Qoyalarga oʻyib solingan tasvirlarining paydo boʻlishini varvarlik davrining oxiri va sivilizatsiya davrining boshlanishi deb hisoblash mumkin.

Yozuv ixtirosi sivilizatsiya davrining boshlanishi hisoblanadi, chunki bu odamga oʻtmishdagi voqealarni qayd etishga imkon bergan. Shu tarzda odamlar ajdodlar tajribalarini oʻrganishi mumkin edi. Bu taxminan 5–6 ming yil oldin sodir boʻlgan. Inson taraqqiyotining ushbu bosqichiga yetganida, oʻzi ham koʻp jihatdan rivojlangan. U qishloq xoʻjaligi va sanoatni shu darajada rivojlantirganki, odamlarning qishloqlar va hatto shaharlarda yashashi imkoniyati tugʻilgan. Boshqaruv, savdo, qonunlar va odamlar migratsiyasi paydo boʻlgan.

Tarixdan bizga maʼlum eng qadimgilari Misr va Bobil sivilizatsiyalaridir. Misrliklar yozuvni 4500 yil oldin ixtiro qilgan. Ular puxta oʻylangan boshqaruv tizimiga ega boʻlgan; piramidalarni qurishda matematik hisob-kitoblardan foydalanishgan; taqvimga ega boʻlishgan; mohir meʼmorlar paydo boʻlgan; turli mexanizmlar qoʻllangan. Taxminan 4000 yil oldin sivilizatsiya Krit orolida shakllangan, qariyb 4500 yil oldin esa Dajla va Firot daryolari qirgʻoqlarida shumerlar sivilizatsiyasi paydo boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!