Odamlar har doim oila bo‘lib yashaganmi?

Birinchi oila qanday paydo boʻlganini hech kim bilmaydi. Qadimgi gʻorlarda olib borilgan qazishmalar erkak, ayol va bolalar kichik guruhlar koʻrinishida birga yashaganini koʻrsatadi. Ammo bu guruhlar biz hozir bilgandek ota, ona va bolalarni birlashtirgan oilalar boʻlmagan va katta ehtimol bilan ayollar, birinchi navbatda, oʻz farzandlariga gʻamxoʻrlik qilgan. “Oila” olovni ushlab, oddiy qurol yordamida oʻzlarini yovvoyi hayvonlardan himoya qilgan. Oilaviy hayot tarzi boshqa tirik mavjudotlarga qaraganda koʻproq odamzodga kerak. Chunki inson farzandi yer yuzidagi eng nochor mavjudotdir.

Aksariyat hasharotlar va boshqa quyi tabaqadagi hayot shakllari avlodi tugʻilgan zahoti harakatlanishi va ovqatlanishi mumkin. Ammo hayotning rivojlangan shakllari — odam yoki hayvon bolalarini boqishi va himoya qilishi kerak. Odatda, ota onaga ovqat olib keladi va bolani dushmanlardan himoya qiladi. Onaning roli muhimroq, chunki u bolani sut bilan boqadi.

Shunday qilib, naslni birgalikda tarbiyalash zarurati boʻlgani sababli oila paydo boʻlgan. Oilaviy hayot paydo boʻlganidan boshlab yuz minglab yillar davomida turli xalqlar orasida turli koʻrinishdagi oilaviy tuzilmalar rivojlangan. Baʼzi qabilalarda oila boshida onaning ukasi turgan, ota esa bolalar bilan unchalik bogʻliq boʻlmagan. Qadimgi Misrdagi firʼavnlar opa-singillariga uylangan.

Injil davrida va undan oldin erkakning ikki yoki undan ortiq xotini, ayrim xalqlar ayollarining esa bir nechta eri boʻlishi mumkin boʻlgan. Erkak yoki ayolning bir nechta turmush oʻrtogʻi boʻlishi mumkin boʻlgan nikoh poligamiya deb ataladi. Afrika va Yaqin Sharqda hali ham koʻp xotinli oilalar bor, lekin bu odat yoʻqolib borayotgandek.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!