20.02.2024
Hayvonlar inglizcha nomlarining hammasi ham bir xil tarzda paydo boʻlmagan. Boshqa tillarda mavjud boʻlgan baʼzi nomlar shunchaki ingliz tiliga qabul qilingan. Boshqa nomlar esa hayvonni tavsiflovchi soʻzlar birikmasidir. Keling, ayrim hayvonlarning nomlari qanday paydo boʻlganini koʻrib chiqaylik.
Gippopotam yunon tilidan “Daryo oti” deb tarjima qilinadi. “Gippos” ot, “potamos” esa daryo degan maʼnoni anglatadi.
Karkidonning nomi lotinchadan olingan boʻlib, ikki yunoncha soʻzdan kelib chiqqan. “Rinos” burunni, “keras” esa shoxni anglatadi. Haqiqatan ham, karkidonning burnida shoxi bor!
“Leopard” soʻzi xol-xol sher degan maʼnoni anglatadigan lotincha “leopardus” so‘zidan kelib chiqqan.
“Arslon” soʻzi lotincha “Leon”dan kelib chiqqan.
Tuyaning inglizcha nomi arabcha “gamel” so‘zidan kelib chiqqan boʻlib, u lotin tilida ham “kamelos” koʻrinishida mavjud boʻlgan.
Boʻri (“wolf”) qadimgi inglizcha “Vulf” soʻzining zamonaviy talaffuzi boʻlib, “tulki” degan maʼnoni anglatadigan lotincha “Vulpes”ga borib taqaladi.
Tulkining zamonaviy nomi islandcha “junli yol” maʼnosidagi “faks”dan kelib chiqqan.
Opossumning nomi “opassum”dan kelib chiqqan. Virjiniya hindulari bu hayvonni shunday atashgan.
“Buqa” (“bull”) nomi “boʻkirish” degan maʼnoni anglatadigan qadimgi inglizcha “belkan” dan kelib chiqqan.
“Bugʻu” (“deer”) qadimgi inglizcha “deor” so‘zidan kelib chiqqan boʻlib, yovvoyi hayvonni anglatgan.
“Jayra” (“porcupine”) lotincha ikkita soʻzdan kelib chiqqan: “porkus” — choʻchqa, “orqa” esa tikanli degan maʼnoni anglatadi. Natijada tikanli choʻchqa hosil boʻlgan.
Mushukning zamonaviy nomi (“puss”) misrliklardan kelgan. Ular tunda ov qilgani uchun mushukni oyni anglatuvchi “pasht” soʻzi bilan atashgan. Keyin bu nom “pas” koʻrinishiga qadar qisqargan.
Pudelning nomi esa “koʻlmak”ni anglatadigan nemischa “pudel”dan kelib chiqqan. Bu suvda ov qiladigan it boʻlgan. “It” (“dog”) soʻzining oʻzi esa islandcha “Doggr”ning qisqartirilgan koʻrinishidir.
Biz faqat baʼzi hayvonlarning nomi bilan tanishdik, ammo bu misollardan ular turli yoʻllar bilan shakllanganini koʻrish mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.