20.02.2024
Yozning jaziramasida muzdek, sersuv tarvuzdan yaxshiroq narsa bormi? Odam uni minglab yillardan beri yoqtirgani shubhasiz. Tarvuz dastlab tropik Afrikada paydo boʻlib, u yerdan tuproq va iqlimi oʻziga mos hamma joyga tarqalgan. Qadimgi sanskrit tilida tarvuzni ifodalaydigan soʻz hamda tarvuzlar tasvirlangan qadimgi Misr rasmlari mavjud. Bundan kelib chiqadiki, tarvuz 4000 yildan koʻproq vaqt oldin paydo boʻlgan! Tarvuz qovoqdoshlar oilasiga mansub qovun navlaridan biridir. U bodring singari yer bagʻirlab yoyilib palak otadigan, yassi boʻylama barg va qoʻngʻiroq shaklidagi gullarga ega bir yillik oʻsimlikdir.
Mushkli — qovunning asosan Janubiy Osiyoda oʻsadigan yana bir qadimiy navi. U kuchsiz xoʻshboʻy hidga ega. “Kasaba” va “asal shabnami” qovunlari kech pishib, boshqa navlarga qaraganda yaxshiroq saqlanadi. “Kasaba” — anchagina katta, sargʻish-yashil qobiqqa ega nav. Uning och yashil magʻzi juda mazali. “Asal shabnami”ning qobigʻi yanada silliqroq boʻlib, magʻzi “kasaba”nikiga qaraganda yashilroq.
Tarvuz sezilarli darajada katta va ancha sersuv. Baʼzi tarvuzlarning vazni 20 kilogrammdan oshadi, ammo aksariyati har holda kichikroqdir. Tarvuzning qattiq va yashil po‘sti koʻpincha och yashil dogʻlar yoki chiziqlar bilan qoplangan, magʻzi esa pushti, sargʻish yoki qizil rangda boʻladi. Tarvuz yetilishi uchun uzoq vaqt va issiq iqlim kerak. U yer isib, ayoz ehtimoli boʻlmagandan keyin ekiladi. Tarvuz yangi holida isteʼmol qilinadi, lekin uni marinadlash, qobigʻidan esa murabbo tayyorlash mumkin. Sharq mamlakatlarida tarvuz urugʻi tansiq hisoblanadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.