Zaytun qayerdan kelib chiqqan?

Zaytun daraxtining vatani Janubi-Gʻarbiy Osiyodir. Koʻp asrlar davomida u odamlarga ozuqa boʻlib, karvonlarda uzoq hududlarga olib ketilgan. Zaytunni daraxtdan uzib olib yeb boʻlmaydi. Mevaning taxir taʼmi marinadlangandan keyin yoʻqoladi. Zaytun yogʻi qadimdan qadrlanadi. Shohlar odatda oʻz boyligini yertoʻlalardagi zaytun yogʻi solingan xumlar soniga qarab baholagan. Krit orolida miloddan avvalgi 2000-yildan beri zaytun yogʻi saqlanib qolgan yertoʻlalar topilgan.

Zaytun daraxtlari Oʻrta dengiz sohillaridagi barcha mamlakatlarda ekilgan. Bir vaqtlar, hatto Shimoliy Afrikaning taqir choʻl hududlari ham zaytun bilan toʻldirib ekilgan. Aytishlaricha, qadimda Makkadan Marokashga sayohat qilgan kishi doimo zaytun, xurmo va anjir daraxtlari soyasida boʻlgan. Yangi Dunyoga zaytun urugʻi va qalamchalarini ispanlar olib kelgan. Ularni Kaliforniyadagi manzilgohlari atrofiga ekishgan va issiq, quruq iqlim sharoitida daraxtlar yaxshi oʻsib ketgan.

Hozirgi vaqtda zaytun Kaliforniyada hosilning asosiy turi boʻlib, Qoʻshma Shtatlardagi zaytunning deyarli hammasi shu yerda yetishtiriladi. Ammo zaytun yetishtirish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari hali ham Ispaniya va Italiya boʻlib, Kaliforniya zaytuni dunyoda yetishtiriladigan hosilning 0,9 foizini tashkil qiladi. Zaytun daraxti urugʻ yoki qalamchalardan koʻpayadi.

Qalamcha — agar u toʻgʻri ekilgan boʻlsa, yangi daraxt oʻsib chiqadigan novda yoki daraxtning boshqa bir qismi. Zaytun daraxti uzoq umr koʻradi. Gefsiman bogʻida, garchi ularning tanasi dastlabki holatida boʻlmasa ham, 2000 yoshda boʻlgan zaytun daraxtlari bor. Chamasi, daraxtlar yonidan unib chiqqan yangi koʻchatlar hisobiga yangilangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!