Sharob qachon paydo bo‘lgan?

Sharob achigan uzum sharbatidir. Inson ming yillardan beri uning taʼmidan huzurlanib keladi. Chamasi, sharob tayyorlashni birinchi boʻlib Kaspiy dengizi boʻyida yashagan fors dehqonlari boshlagan. Misrliklar sharob tayyorlash sanʼatini ulardan miloddan avvalgi 3000-yilda oʻzlashtirgan. Piramidalar qabrlari devorlaridagi rasmlarda sharob tayyorlayotgan qadimgi misrliklar tasvirlangan. Sharob qadimgi yunon va rimliklarning kundalik hayotida keng tarqalgan oddiy ichimlik boʻlgan. U diniy marosimlarda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Rimliklarda sharob maʼbudi — Baxus, yunonlarda esa Dionis edi.

Miloddan avvalgi IV asrda yunon istilochisi Iskandar Zulqarnayn Markaziy Osiyoga uzum sharobi va musallas solish sirlarini olib kelgan. Fransiya janubiga ham sharobni yunonlar olib kelgan. Keyingi asrlarda Rim bosqinchilari sharobni Shimoliy Fransiya va Germaniyaga olib kelgan. Taxminan 1000-yilda Shimoliy Amerika sharqiy qirgʻogʻiga kelib tushgan Ley Erikson, u yerdagi juda koʻp yovvoyi uzumga duch kelgan va bu joyni uzumli yerlar deb atagan.

Keyinchalik ispan bosqinchilari va missionerlari uzumni Yevropadan Kaliforniyaga olib kelgan. Sharob koʻplab qadimiy dinlar marosimlarda ishlatilgan. U hozirgi vaqtda ham koʻplab xristian va yahudiylarning diniy marosimlarida qoʻllanadi. Ichimlik suvi taqchil boʻlgan davrlarda sharob ichish zararli emas, balki sogʻliq uchun foydali deb hisoblangan. Sharob tarkibida tabiiy shakar boʻlgan koʻplab meva va oʻsimliklardan tayyorlanishi mumkin. Lekin sharob asosan uzumdan tayyorlanadi. “Sharob”ga “shaftoli sharobi” yoki “maymunjon sharobi” kabi meva nomi qoʻshilmaganda, har doim uzum sharobi nazarda tutiladi. Sharob tayyorlashda foydalaniladigan 8 mingdan ortiq uzum navi mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!